Ishlab chiqarish tizimini loyihalashtirish uch yirik bosqichdan:
loyihalashdan oldingi
tayyorgarlik, loyihalash va loyihani joriy qilish
bosqichlaridan tashkil topadi.
Loyihalashdan oldingi tayyorgarlik o‘z navbatida loyihalashdan
oldingi taxminiy o‘rganish, ishni mufassal o'rganish, ilm-fan va
amaliyot yutuqlarini o‘rganish, tadqiqot natijalarini umumlashtirish va
rasmiylashtirish, tashkiliy tadbirlami ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Loyihalashdan oldingi taxminiy o'rganish
tashkilotni loyihalash-
tirishga tayyorgarlik ko'rish bosqichining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Uning maqsadi ish tarkibi, hajmi, qiymati va bajarish
muddatlarini belgilashdan iborat bo‘ladi.
Loyihalashdan oldingi taxminiy o‘rganishga ijrochi ko‘pi bilan
15-20 kun sarflashi mumkin. Bu
ish eng malakali xodimlarga
topshiriladi.
Ishni mufassal o‘rganish ishlab chiqarish menejmenti tashkilotining
joriy ahvolini tavsiflovchi barcha ma’lumotlami to‘plash, ulami
puxta va chuqur o'rganishni nazarda tutadi. Ishni mufassal o‘rganish
natijalari asosida ishlab chiqarish tizimini takomillashtirishga
qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar ishlab chiqiladi. Mufassal tahlil
odatda boshqaruv tashkilotining «tor» yo'nalishlarida o'tkaziladi.
Taxminiy va mufassal o‘rganish natijalari asosida tashkilotni
loyihalashtirish topshirig'i ishlab chiqiladi.
Bu topshiriqda loyihani ishlab chiqishning maqsadi,
boshqaruv
obyektining qisqacha tavsifi, iqtisodiy-texnik o‘lchamlari, boshqaruv
tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarining qisqacha tavsifi
belgilanadi.
Tizim loyihasini ishlab chiqish xomaki loyiha va ish loyihasini
tuzishni, tashkilot loyihasini rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Loyihalashtirish-tashkilot loyihasini tuzishning ijodiy qismidir.
U ishlab chiqarish menejmenti sohasidagi
ilm-fan va amaliyot
yutuqlariga asoslanadi.
Ish loyihasida batafsil hisob-kitoblaming natijalari, boshqaruvning
funksiyalari va tashkiliy tuzilmalari, tashkilot va ish joylariga xizmat
28
ko‘rsatish loyihalari va h. k. ko‘rsatiladi. Boshqacha aytganda, ish
loyihasida loyihalashtirilayotgan ishlab chiqarish tizimiga doir
barcha ma’lumotlar nazarda tutiladi. Loyihani joriy qilish moddiy-
texnik tayyorgarlik, boshqaruv apparatining ijtimoiy-psixologik
tayyorgarligi, boshqaruv
xodimlarining kasbiy
tayyorgarligi,
tajriba-eksperimental tekshiruv,
ijro jarayoni ustidan nazorat, joriy
qilishni rag‘batlantirish va uning amaldagi iqtisodiy samaradorligini
hisoblashni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: