NAZORAT SAVOLLARI
1. Ishlab chiqarish obyekti bo'lib nimalar hisoblanadi?
2. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining maqsadi nimadan iborat?
3. «Ishlab chiqarish» tushunchasining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Ishlab chiqarish menejmentining ko'p sonli funksiyalarini sanab
o'ting.
5. Ishlab chiqarishni boshqarishga tizimli yondashuvning mohiyatini
tushuntirib bering.
6. «Operatsiya» va «ishlab chiqarish» atamalarining mohiyatini tu
shuntirib bering.
7. Operatsiyalar samaradorligi qanday aniqlanadi?
8. Mehnat resurslari funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
9. An’analarga ko'ra g'arb biznesida menejment nechta sohada
to'plangan?
10. Ishlab chiqarish menejmentida necha xil faoliyat turi bo'lishi mumkin?
II bob. ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI
BOSHQARISH
2.1. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHGA TIZIMLI
YONDASHISH
Tizimli yondashuv- har xil turdagi komplekslami ko‘rib chiqishga,
ularning mohiyatini (struktura, tashkil etish va boshqa xususiyatlari)
hamda shunday komplekslaming rivojlanishiga, ulaming boshqarish
tizimiga ta’sir etuvchi optimal yo‘llarini va usullarini chuqurroq
fikrlashga imkon beradigan uslubiyatdir.
Tizimli yondashuv matematik usullardan foydalanishning zaruriy
sharti hisoblanadi, ammo uning ahamiyati ushbu doiradan tashqariga
ham chiqib ketadi. Tizimli yondashuv keng qamrovli yondashuvdir.
U obyektning barcha tomonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning
tuzilmasini aniqlovchi hamda shunga muvofiq uning tashkil etilishini
hisobga oladigan yondashuv hisoblanadi.
Ishlab chiqarish obyektlari o'zaro aloqada va o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan tizimosti: korxona, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, uchastka
«odam-mashina» tarzida tarkib topgan murakkab ierarxik tizim
majmualaridan iboratdir.
Ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish bo‘yicha ishlar
tizimlami loyihalashdan va ularning amal qilishini ta’minlashdan
iborat bo‘lib, ular o‘zida quyidagilami aks ettiradi:
- tizim doirasida amalga oshiriladigan tizim elementlari (tizi-
mosti)ning va kanallarining o‘zaro aloqalari tasnifini o‘rnatish;
- kelishilgan tizim elementlari rivojlanishi va amalga oshi-
rilishi uchun mo‘ljallangan maqsadlarga muvofiq sharoit
yaratish;
- ushbu kelishuvni ta’minlovchi mexanizmni yaratish;
- boshqarish organlarining tashkiliy tuzilishini, tizimni boshqarish
usullari va uslublari.
Ishlab chiqarishni boshqarishda tizimli yondashuv AQShda keng
tarqalgan, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida foydalaniladi.
U firmani murakkab har xil tizim osti (ishlab chiqarish bo‘limlari,
korxonalar)dan tashkil topgan va har bir tizim ostining oldida turgan
maqsad va vazifalariga bog‘liq bo'lgan funksiyalar sifatida qaraydi.
Bu firmaning tashkiliy strukturasini yoki ishlab chiqarish strukturasini
tashkil etuvchi tizimostilarining tasnifini anglatadi.
«Tizim» tushunchasi uning tarkibiga kiruvchi barcha tizim osti
clementlarining o'zaro bir-biri bilan mustahkam bog'liqligi va tashqi
muhit bilan ko‘p tomonlama munosabati sifatida namoyon bo'ladi.
Tizimning mohiyatini ifodalash uchun har xil vositalardan:
grafik, matrisali, matematik, «yechimlar daraxti» va hokazalardan
foydalaniladi. Ushbu vositalar elementlarining o‘zaro aloqadorligi
sababli yakka holda tizimning butun mohiyatini to‘la ochib bera
olmaydi.
Tizimli yondashuv asosida kompyuter texnikasidan foydalanish
ishlab chiqarishni boshqarish tuzilmasi va usullarini takomillash-
tirishga olib keladi.
Boshqarishga tizimli yondashuv uni boshqarish qarorlarini qabul
qilish jarayoni shaklida ko‘rishga olib keladi.
Boshqarish qarorlarini qabul qilish. Boshqarish qarorlarini
qabul qilish-m avjud muqobil variantlardan bittasini tanlashdir.
Boshqarish qarori deganda rahbarning kamida ikkita variantdan
optimalini tanlash maqsadidagi faoliyati tushuniladi. Qarorni
tanlashning murakkabligi imkoniyat darajasidagi variantlar
miqdorini ko'paytiradi. Qarorni qabul qilishning zarurligi firmaning
tijorat va ishlab chiqarishdagi muammolarining mavjudligi bilan
belgilanadi.
Boshqarish qarorlarini qabul qilish jarayoni quyidagi bosqichlami
o'z ichiga oladi:
- variantlar tahlili;
- har bir variant bo'yicha yutuqlar va yo'qotishlami baholash;
- amalga oshirilgan qarorlaming haqiqiy natijalarini baholash.
Har qanday boshqarish qarorini qabul qilishda variantlami o‘rga-
nishga yo‘naltirilgan iqtisodiy tahlildan foydalaniladi. Qarorni qabul
qilish mezoni samaraliroq bo‘lgan variantni tanlashdir.
Qarorni qabul qilishda iqtisodiy tahlil rolining oshishi tizimli
tahlildan foydalanishga va bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni
boshqarishda tub o'zgarishga olib kelgan holda, asosan quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- jarayonlami joriy boshqarishdan strategik, istiqbolli bosh-
qarishga o‘tish;
- alohida xususiy tizim ostilaridan kompleks tizimga o'tish;
- yangi mahsulotlami, bozorlami va jarayonlami o‘rganish
bo‘yicha tezkorlikning va moslashuvchanlikning oshishi;
- alohida hodisalar tahlilidan qarorlar variantlarining tizimli tah-
liliga o‘tish;
- samaradorlikning alohida elementlarini hisoblashdan barcha
omillami kompleks baholashga o‘tish;
- joriy nazoratni hisoblash texnikasi va iqtisodiy-matematik
usullardan foydalanish asosida qo‘llash hisobi.
Boshqarishda iqtisodiy tahlil asosida kompyuter texnikasidan
foydalangan holda ratsional qarorlami tayyorlash va qabul qilish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tizimli yondashuv kibemetika, tizimli tahlil, operatsiyalarni
tadqiq qilish, qarorlar nazariyasi kabi fanlaming rivojlanishi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Ulami oddiy elementlar yig'indisidan iborat
bo‘lgan tizimlar va obyekt tushunchasi emas, balki butun rivojlanuvchi
yagona uslubiyat birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |