rejaviy davrlarga aniq maqsadni belgilash va ishlab chiqarish dasturini
ishlab chiqishni ko‘zlaydi.
Rejalashtirish boshqaruv apparatiga va rahbar faoliyatini
faollashtirish darajasiga bevosita ta’sir etadi.
Elektron hisoblash
mashinalari va iqtisodiy matematik usullar yordamida ishlab chiqilgan
yuqori sifatli dasturlardan tarmoq, korxona va sexlardagi ishlab
chiqarish jarayonlaridagi moliyaviy, moddiy va
mehnat resurslaridan
foydalanishni mazkur dasturlar bo'yicha o‘zaro muvofiqlashtirish o‘z
navbatida ishlab chiqarishni samarali boshqarishga imkon beradi.
Muvofiqlashtirish funksiyasi ishlab chiqarish va korxonaning
funksional bo'lim va sexlarida rejaviy topshiriqlami bajarish jarayoni
qatnashchilarining muvofiqlashgan va tartibli ishlashiga imkon
yaratadi.
Bu funksiya ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan odamlar
jamoasiga muntazam rahbarlar vaqti-vaqti
bilan ular faoliyatini
to‘g‘rilab turuvchi korxona funksional xizmati tomonidan ta’sir etish
shaklida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: