ishlash va tovarlar chiqarish tushunilsa, «operatsiya» atamasining
ma’nosi juda keng bo‘lib, nafaqat tovarlami
ishlab chiqarishni, balki
xizmatlar ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi.
Operatsiyalar soni yetarli darajada ko'payganda ishlab chiqarish
tizimini mukammal boshqarishga zaruriyat tug‘iladi.
Operatsiyalar bajarilishining asosiy mohiyati — faoliyat umumiy
strategiyasi va yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish, operatsiya
tizimi, shu jumladan
ishlab chiqarish jarayoni, quvvatlardan
foydalanish, korxonani loyihalashtirish tizimini yaratish va joriy
etishdan iborat. Bunga tizim faoliyatini
hisobga olish va nazorat
qilish ham kiradi.
Operatsiya xizmatida odatda juda ko‘pchilik qatnashib, har bir
operatsiya tizimining yutug'i yoki muvaffaqiyatsizligi
shu kishilarga
bog‘liq bo‘ladi. Operatsiya menejerlari tahlil, texnika, texnologiya,
ijtimoiy fanlar sohasida har tomonlama chuqur bilim va malakaga ega
bo‘lishlari va bu bilimlar asosida operatsiyalarni
samarali boshqara
olishlari kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: