1.4. ISHLAB CHIQARISHDA MENEJMENTNING FUNKSIYASI, TURLARI VA SAVIYALAR1 Boshqaruv tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishi
uchun yo‘naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyatini ketma-ket
bajarish jarayoni bo‘lib, korxonaning bir qator ishlab chiqarish va
ijtimoiy masalalarini yechish va ularni amalga oshirish uchun zarur.
Bu harakat boshqaruv funksiyalariini bajarish deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonida sexlararo ma’lum ishlab chiqarish
munosabatlari va bevosita mahsulot ishlab chiqaruvchilar, boshqaruv
xodimlari va ishlab chiqarishni tashkil etish faoliyati qatnashchilari
orasida o‘zaro boshqaruv munosabatlari o‘matiladi.
Tayinlangan harakatlar bajarilishi uchun oqilona taqsimlangan,
vaqt va fazoda o‘zaro bog‘liq funksiyalar, usullar va boshqaruvni
tashkil etish tuzilmasidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalari turlichadir. Ular har
xil obyektlar, faoliyatlar va maqsadlarga tegishli bo‘ladi. Boshqaruv
funksiyalarini quyidagi belgilar orqali tasniflash mumkin:
• boshqarilayotgan obyekt belgilari bo‘yicha: korxona, sex,
uchastka, brigada, agregat (ishchi).
• faoliyat belgisi bo‘yicha: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy.
• bir xillik belgisi bo‘yicha: umumiy maxsus.
• mehnat mazmuni bo‘yicha: ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarishni
tayyorlash, tezkor boshqaruv, ta’minot va sotish, texnik-
iqtisodiy rejalash va tahlil, buxgalteriya hisobi, xodimlami
boshqarish, mehnatga haq to‘lash va rejalash.
• masala xarakteri bo‘yicha: rejalashtirish, tashkil etish, tartibga
solish, nazorat, tahlil va hisob, takomillashtirish.
• qarorlaming davriyligi bo‘yicha: bir marotaba, ma’lum vaqtda
takrorlanuvchi.
Ishlab chiqarishning asosiy boshqarish funksiyalariga quyidagilar
kiradi: tashkil etish, me’yorlashtirish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish,
motivatsiya, nazorat va tartibga solish.
14