Operatsiyalar samaradorligi.
Operatsiyalar samaradorligi tizim
orqali chiqarilgan (output) bozor qiymatini xarajatlar salmog‘ining
umumiy kirishiga (input) bo‘lish orqali aniqlanadi.
Chiqishlaming bozor qiymati quyidagicha aniqlanadi:
- chiqarilgan mahsulotlar miqdori;
- chiqarilgan mahsulot yoki
taklif qilinayotgan xizmat
assortimentiga muvofiq mos keluvchi talabga ko‘ra;
- mahsulotlaming sifatiga ko‘ra;
- individual istemolchilaming turli xil talablarini qondirish
bo‘yicha ishlab chiqarish tizimining moslashuvchanligi.
Moddiy xarajatlami tahlil etishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- sotib olingan materiallaming bahosi;
- zaxiralar tarkibidagi materiallami saqlashga ketgan xarajat-
laming ulardan foydalanishgacha bo‘lgan davri;
- buyurtmalar va kelib tushgan materiallar narxi;
- materiallar yetishmasligi natijasida paydo boigan xarajatlar
ko‘lami;
- kelib tushgan materiallar sifatining nomuvofiqligi sababli kelib
chiqqan qo'shimcha xarajatlar.
Mehnat xarajatlarini tahlil etishda quyidagilar hisobga olinadi:
- me’yordagi ish vaqtida va me’yordan
tashqari ish vaqtidagi
mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishni tashkil etishga mos bo‘lganlarga qaraganda
yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlardan foydalanishga ketgan
xarajatlar;
- kadrlar qo'nimsizligi va ishda xodimlar yetishmasligi bilan
bog‘liq bo'lgan qo‘shimcha xarajatlar.
Operatsiyalaming samaradorligi ko‘pincha operatsion funksiyalar
va boshqa ishlab chiqarishni boshqarishning: muhandislik, marketing,
moliya, mehnat resurslari bilan ratsional o‘zaro faoliyatiga bog'liq.
Operatsiya xizmatida odatda juda ko‘pchilik qatnashib,
har bir
operatsiya tizimining yutug‘i yoki muvaffaqiyatsizligi shu kishilarga
bog‘liq bo'ladi. Operatsiya menejerlari tahlil, tizimiy texnika,
12
texnologiya, ijtimoiy fanlar sohasida
har tomonlama chuqur bilim
va malakaga ega bo‘lishlari va bu bilimlar asosida operatsiyalarni
samarali boshqara olishlari kerak.
Muhandislik funksiyasi ishlab chiqarish quvvatlari vajarayonlarini,
mahsulotlaming yangi turlarini loyihlashni ta’minlaydi.
Marketing funksiyasiga mahsulotga talab va mijozlar buyurt-
malarini aniqlashni ta’minlash bo‘yicha bashoratlar,
bundan tashqari
mahsulot sifati, iste’molchilaming e’tirozlari va mahsulotni yetkazib
berish bo‘yicha xizmatlar kiradi.
Moliyaviy funksiya esa ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish
imkonini beruvchi moliyaviy xizmatni ta’minlaydi. Shuningdek,
operatsion bo‘linmalardan ishlab chiqarish rejalari va rivojlanishi
haqida olinadigan ma’lumotlar, xususan
xodimlar mehnatiga haq
to*lash bo‘yicha moliyaviy resurslaming mavjudligi, yetkazib
beruvchilar bilan hisob-kitoblar kiradi.
Mehnat resurslari funksiyasi operatsion tizimda kadrlami o'qitish
va yollash uchun javobgarlikni anglatadi. Operatsion bo‘linma o‘z
navbatida xodimlar miqdori va ularning malakasiga bo'lgan talab
haqida kadrlar xizmatini ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning yuqori darajasini ta’minlash
uchun operatsiyalar samaradorligiga quyida
keltirilgan usullardan
foydalanilgan holda erishiladi:
- raqobatchilar xarajatlari darajasiga nisbatan ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish;
- eng kam xarajat bo‘yicha yetakchilik qilish;
- mahsulotning ishonchliligi;
- mahsulotning mustahkamligi;
- mahsulot yetkazib berishning tezligi;
- mahsulot yetkazib berish muddatining
kafolati;
- shaxsiy buyurtma bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish;
- mahsulotni o‘z vaqtida bozorga tatbiq qilish;
- talabga muvofiq ishlab chiqarish hajmini tartibga solish.