R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
Motivatsiya funksiyasi samarali mehnatga undash shakli sifatida 
xodimlarga ta’sir ko‘rsatadi, jamiyatga jamoa tariqasida va alohida 
rag‘batlantirish tadbirlari va boshqalar shaklida ta’sir ko‘rsatadi.
Ko'rsatilgan ta’sir etish shakllari boshqaruv organlarini 
faollashtiradi, barcha ishlab chiqarish boshqaruvi tizimining sama- 
radorligini oshiradi.
Nazorat funksiyasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash maqsadida 
har bir ishlab chiqarish faoliyati natijalarining umumiy xulosasini
tahlilini rahbarlarga va boshqaruv xizmatlariga yetkazish shaklida 
jamoaga ta’sir etadi.
Bu funksiya rejaviy topshiriqlaming bajarilayotganligi haqidagi 
axborotlar (statistika va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari), 
belgilangan mehnat ко‘rsatkichlaridan chetga chiqishlar va ularning 
kelib chiqish sabablarining tahlili asosida amalga oshadi.
Tartibga solish funksiyasi bevosita muvofiqlashtirish va nazorat 
funksiyalari bilan jipslashadi. Ishlab chiqarish davomida ishlab
16


chiqilgan dastur ichki va tashqi muhit ta’siriga uchraydi. Natijada 
topshiriqni bajarish jarayonida buzilishlar kelib chiqadi. Tartibga 
solish funksiyasi ishlab chiqarishda band insonlar jamoasiga, ishlab 
chiqarish davomida chetlashishlar va to‘xtashlaming oldini olish 
hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish bilan ta’sir etadi.
Nazorat va tartibga solish funksiyasi ishlab chiqarishni boshqarish 
jarayonida egiluvchan asboblar rolini bajaradi. Ular asosida ishlab 
chiqarishni bajarish bir maromdagi reja asosida amalga oshiriladi.
l.l-chizma. Bir xil shakldagi menejment turlari
1.1-chizmada menejment turlari ikkita belgi saviyasi (makro va 
mikroiqtisod) va uning xizmat sohasi asosida aniqlangan. Umumiy 
menejment makroiqtisodga, ya’ni barcha xo'jalik yuritish tizimi 
uchun taalluqlidir. U o‘z ichiga uch xil menejmentni oladi: amaliy, 
innovatsion va strategik. Chizmadan ko'rinishicha, amaliy menejment 
barcha boshqaruv sohalariga tarqalgan. Innovatsion menejment 
(yangilik yaratishni boshqarish) va str£Sgik menejment (strategiyani
17


rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo'naltirilgan 
boshqaruv faoliyatidan iboratdir.
An’analarga ko‘ra g‘arb biznesida menejment uchta sohada 
to‘plangan: ishlab chiqarish, moliya, sotuv. 1.1-chizmada bu o‘z 
aksini amaliy menejment bo‘linmalarida ishlab chiqarish (korxonalar, 
firmalar, korporatsiyalar va boshqalar mikroiqtisodiyot nomi bilan 
ataladi), moliya va marketing menejmenti (sotuvni boshqarish, 
tovarlar sotish), ishlab chiqarish menejmenti so'ngroq, ishlab chiqarish 
texnologiyasi yoki texnologik menejment sifatida aniqlashtiriladi.
Ishlab chiqarish menejmentida ikki xil faoliyat turi bo‘lishi 
mumkin:
1. Ishlab chiqarishda hozirgi zamonaviy turdagi materiallar, 
texnika va texnologiyani bunyod etish, o‘zlashtirish, ishlatish bo‘yi- 
cha texnik faoliyat.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solish, harakatlami 
tashkil qilish, to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘yicha texnik faoliyat.
Texnik faoliyatda hal qiluvchi ahamiyatga ixtiroshunoslik ilmiy 
texnik bilimlar mutaxassislariga muhandislik tajribasi kerak bo‘ladi. 
Bu turdagi faoliyatda eng asosiysi texnik g‘oya bunyod etishdir. 
Menejeming vazifasi-qobiliyatli odamlami izlab topish va ularning 
ijodiy mehnat qilishlari uchun qulay sharoit yaratishdir.
Menejer o‘zining boshqaruv faoliyatida qo‘l ostidagilaming 
ijobiy harakati hisobiga yaxshi, ijobiy natijalarga erishish qobiliyatiga 
ega bo‘lishi lozim. Rahbaming boshqaruv san’ati qo‘l ostidagi 
xodimlaming harakatini tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘lga boshlashdan 
iboratdir.
G‘arbdagi mutaxassislaming fikriga ko‘ra, korxonaning muvaf- 
faqiyatli faoliyatining kaliti korxona boshqaruvini samarali tashkil 
qilishdadir.
Bu boshqaruv zanjirini quyidagi bog‘lanish bilan ifodalash 
mumkin:
1. Korxona rahbarining harakati;
2. Ishlovchilar xulqi;


3. Jamoaning ishlab chiqarish faoliyati;
4. Korxona ishining natijasi.
Shunday qilib biz, ko‘rib chiqayotgan tizimning asosiy bo‘g‘ini bu 
rahbaming bilimdonlik harakatidir. Sifatli menejment ishlovchilaming 
faol munosabatini uyg‘otadi, ularning o‘zaro munosabati samarali 
ishlab chiqarish faoliyatiga aylanadi.
Tayanch iboralar: menejment, boshqaruv, ishlab chiqarish menej­
menti, mahsulot, ish, tovar, xizmatlar, operatsiyalarni boshqarish, 
mehnat resurslari funksiyasi, operatsiyalar samaradorligi

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin