R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


I bob. ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTINING



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
I bob. ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTINING 
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. 
ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTI 
FAN1NING MOHIYATI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Hozirgi paytda respublikamiz korxonalarining iqtisodiy rivojlanish 
yo'llaridan biri-bu zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti 
yutuqlaridan samarali foydalanish, tashkilotda vatanimiz va xorijiy 
tajribalardan oqilona foydalanishni ta’minlash, ishlab chiqarishni 
rejalashtirish va boshqarishdir.
Bozor ishlab chiqarishdan moslashuvchanlikni, fan-texnika taraq- 
qiyoti yutuqlariga hozirjavoblikni, ishlab chiqarish menejmentini 
tashkil qilishda ilmiy tadqiqot va ishlovlami rivojlantirishni talab 
qiladi. Bozor iqtisodiyotida katta va kichik biznesni to‘g‘ri boshqara 
bilish ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lish, demak yashab 
qolishni anglatadi. Bunga esa faqat boshqaruv san’ati, ya’ni samarali 
boshqarish orqali erishish mumkin.
«Ishlab chiqarish menejmenti fani» bu ishlab chiqarish boshqaruvini 
takomillashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlovlar demakdir.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish tizimlari ishlab chiqarish 
menejmentining obyekti hisoblanadi. Ishlab chiqarish menej- 
mentida «Ishlab chiqarish» tushunchasi ishlab chiqarishni tashkil 
etish bo‘yicha adabiyotlardagi tushunchalardan kengroqdir. Ishlab 
chiqarish deganda biror foydali narsani yaratish bo‘yicha maqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyat tushuniladi.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fanining maqsadi - talaba- 
menejerlami korxona (firma)da ishlab chiqarishni boshqarish va 
tashkil etish bo‘yicha funksional majburiyatlarga tayyorlashdan 
iborat.
Fanning mazmun va mohiyatini o‘rganish natijasida talaba quyi- 
dagilami bilishi kerak:


- ishlab chiqarish menejmentining mazmuni, mohiyati, funksiyasi 
va tamoyillarini;
- sanoat ishlab chiqarishining oqilona tashkil etilishini;
- tashkiliy tuzilish, iqtisodiy ishlab chiqarish tizimlarining 
ierarxiya va funksiyalarini;
- ishlab chiqarish jarayoni tuzilmasini va undagi texnik jarayon- 
laming 6‘mi va rolini;
- ishlab chiqarish (texnologik) jarayonining iqtisodiy samara- 
dorligini baholashning asosiy usullarini;
- ishlab chiqarishni tayyorlashning umumiy tartiblarini;
- turli xildagi ishlab chiqarishda operativ taqvimli rejalashtirish 
usullarini;
- ishlab chiqarishni tezkor boshqarish tizimini;
- ishlab chiqarish zaxiralarini boshqarish usullarini.
Quyidagilami uddalay olishi kerak:
- ishlab chiqarish davrining davomiyligini hisoblay olishni;
- korxona, firma va uning bo‘linmalarining ishlab chiqarish das- 
turlarini aniqlashni;
- texnologik jarayonning iqtisodiy samaradarligini baholashni 
amalga oshirishni;
- ishlab chiqarishning taqvimli va smeta rejalarini ishlab chiqishni;
- ishlab chiqarish zaxiralarining optimal darajasini aniqlashni;
- korxonaning sernatija portfelini shakllantirishni;
- strategik xo‘jalik zonalarining faoliyatini baholashni.
Ushbu tasawurga ega bo‘lishi kerak:
- ishlab chiqarishni strategik rejalashtirish to‘g‘risida;
- ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning xorijiy tajribasi 
to‘g‘risida;
- noaniqlik sharoitida zaxiralami boshqarish to‘g‘risida;
- texnologiyaning asosiy sohalarining mohiyati to‘g‘risida.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fani «Menejment nazariyasi»,
«Iqtisodiy nazariya», «Marketing», «Personalni boshqarish», «Bozor 
nazariyasi», «Mikro-makroiqtisodiyot», «Statistika», «Ekonometrika» 
va boshqa tarmoq fanlari bilan aloqadordir.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin