qaror loyihalarini ko'rib chiqish bosqichlarining cho'zilishi, so'rovlarga o'z vaqtida javob bermaslik hollari juda ko'p uchraydi. Bu qaror qabul qilish jarayonining alohida operatsiyalarini bajarish vaqtining cho'zilishiga olib keladi. Har bir qaror qaysi pog'ona rahbariyatning vakolatlariga tegishli bo'lsa, o'sha rahbariyat miqyosida qabul qilinishi lozim. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tavakkallami baholash masalasi asosan bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim va dolzarb
hisoblanadi. Ko‘pgina tadqiqotchilar loyiha bo‘yicha diskontning individual stavkasini hisoblash asosida tavakkal va inflyatsiya omillarini hisobga olishni tavsiya etishadi. Diskontlashning individual stavkasini baholash uchun ikkita muqobil usullami qo'llashga asoslangan xorijiy tajriba qo'llaniladi: kapital aktivlar bahosi (kapital aktivlami baholash modeli) va diskont stavkasini kumulyativ qurish. Lekin ushbu usullar tavakkal qilish omillarini va inflyatsiyani aniq hisobga olish mumkin bo'lgan barqaror bozor iqtisodiyoti sharoitida ma’quldir. Menejer uchun bunday aniq usullardan foydalanish uchun moliyachi-analitik mutaxassislar zarur bo'ladi. Bizning amaliyotimiz uchun nisbatan oddiy bo'lgan tavakkalni va inflyatsiyani hisobga oladigan usullar ma’qul. Loyihalami baholashda bir muncha muhim bo'lgan investitsion tavakkallar va noaniqliklaming quyidagi turlari mavjud: - iqtisodiy qonunchilikning nobarqarorligi, joriy iqtisodiy va- ziyat, investitsiyalash sharoiti va foydadan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan tavakkalchilik; - tashqi iqtisodiy tavakkal (savdo va yetkazib berishning chega-