3.2-rasm. Menejment asosiy qonunlari va kategoriyalarining o‘zaro aloqalari
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishning navbatdagi jihati—qaror
sifatiga bo'lgan talabni qayd etishdir. Boshqaruv qarorlarini qabul
qilish muqobil variantlar asosida o'zaro taqqoslangan holda quyidagi
omillarni e ’tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim:
1) vaqt (loyihani yoki investitsiyani amalga oshirish);
2) obyektning sifati;
3) ishlab chiqarish obyektining ko'lami (hajmi);
4) ishlab chiqarishda obyektning o'zlashtirilganligi;
5) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborotlami olish
usuli;
6) obyektdan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) sharti;
7) inflyatsiya;
Dostları ilə paylaş: