R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
k r itik y o 'l
deb ataladi va qalin strelka bilan ifodalanadi. 
Kritik yo'lga taalluqli bo‘lgan operatsiya va jarayonlar o'z navbatida 
kritik ishlar
va 
jarayonlar
deb ataladi. Kritik yo‘lga taalluqli 
bo'lgan operatsiyalaming jami davomiyligi-bu kompleks ishlar 
bajarilishining kritik vaqtidir.
4.1-rasm. To‘rsimon grafikka misol
To'rsimon grafiklami qurishda qo‘yidagi quidalarga amal qilish 
zarur:
- to'rda (grafikda) bitta ham aylana kirmaydigan jarayon 
(boshlang'ichdan tashqari) boim asligi lozim;
- bitta ham aylana chiqmaydiganidan (tugallanadiganidan bosh­
qa) tashqarida hodisa bo'lmasligi lozim;
- to‘r konturlardan iborat bo‘lmasligi lozim;
- to‘r grafigining har qanday jarayonlari jufti bittadan ortiq bo'l- 
masligi lozim;
- aylana bilan bog‘lanishi mumkin.


To'rsimon grafikni (jarayonning to'rsimon modelini) hisoblash 
jarayonida quyidagi parametrlar aniqlanadi:
- ishning boshlanishi va tugallanishi, hodisalaming bir muncha 
ertaroq va kechroq muddatlarda sodir bo'lishi;
- kritik yo'lning davomiyligi;
- kritik yo'lga taalluqli bulmagan ishlar va jarayonlar uchun vaqt 
zaxiralarining barcha turlari.
Modellar parametrlarini va to'rsimon grafiklarini aniqlagandan 
keyin bajaruvchilaming vaqt va resurslar bo'yicha imkoniyatlari va 
loyihaning belgilangan muddatlarda bajarililishini tahlil etishga va 
optimallashtirishga o'tish lozim.
Optimallashtirishning quyidagi turlari mavjud:
- vaqt bo'yicha (kompleks ishlaming yakuniy tugallanish vaqti 
belgilanganiga taqqoslanadi);
- qiymati bo'yicha;
- resurslar (mehnat, moddiy va h. k.) bo'yicha.
Optimallashtirish asosida modellashtirishning m a’lum bosqichida
ishlami amalga oshirish jarayonidagi vaqt zaxiralaridan foydalanish 
yotadi. Zaxiralardan ishlami bajarish rejasini yaxshilash uchun 
foydalanish mumkin. Kritik yo'llaming davomiyligini qisqartirish 
kritik yo'lga taalluqli bo'lmagan ishlaming (ya’ni, bajaruvchilami va 
moddiy texnik resurslami qayta taqsimlash yo'li bilan) davomiyligini 
ko'paytirish hisobiga ta’minlanadi.
Texnologik jarayonni optimallashtirishga misol ко'rib chiqamiz.
Jihozlami ta’mirlash bo'yicha kompleks operatsiyalar taqdim 
etilgan to'rsimon grafikda (4.2-rasm) birinchi uch kunda 7 ta birlik 
ajratilgan, to'rtinchi va beshinchi kunda 6 ta birlik, keyingi vaqtlarda 
esa 8 ta birlik resurslar ajratilgan. Grafikning har bir tomonida 
ikkitadan son yozilgan: birinchisi-kunlarda vaqtinchalik baholash
ikkinchisi-operatsiyalarni bajarishda iste’mol qilinadigan resurslar 
miqdori.
Butun kompleksni minimal vaqtda tugatish uchun operatsiyalarni 
bajarish muddatlarini aniqlash zarur. Operatsiyalarni bajarishda 
tanaffuslarga yo'l qo'yilmaydi.


Tahliliy qadam. Kompleks operatsiyalaming chiziqli diagram- 
masini tuzamiz. Buning uchun uni jadval (4.1-jadval) ko'rinishida 
ham ifodalash mumkin.
Qatorlar (satrlar) (ishlar kodi) va ustunlar (kompleks ope­
ratsiyalar bajarilgan kun) mazkur ishni bajarish uchun ushbu 
kunda talab etiladigan miqdori ko‘rsatiladi. Jadvalning oxirgi 
satriga ushbu kunda barcha ishlar uchun zarur bo‘lgan resurslar 
summasi qo ‘yiladi.
A w alo jadval resurslaming cheklanganligini hisobga olmagan 
holda to‘ldiriladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin