«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org
7.MA`RUZA 7-mavzu: Ta`lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarning o`rni. Reja. 1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar.
2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga ta`siri.
Milliy ma`naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta`rifi va tavsifi. «Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi -ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» va
«qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari
bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham
o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab
qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol
o`ynaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos
mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga,
yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi.
Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari
ham ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi.
Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va
uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va
ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish,
ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Qadriyat turlari:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar.
2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy
qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko`nikmalari, bilim a tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida namoyon bo`ladigan qadriyatlar.
4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik bo`lgan
qadriyatlar.
Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o`rganish mumkin:
1. Umuminsoniy qadriyatlar.
2. Mintaqaviy qadriyatlar.
3. Milliy qadriyatlar.
4. Diniy qadriyatlar.
Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlarning uzviy bog`liqligi. Milliy ma`naviy
qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga
to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g`oya va ma`naviy
qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu quyidagilarda
o`z ifodasini topadi:
1. Milliy qadriyatlar milliy g`oya uchun ma`naviy negiz, manba bo`lib xizmat qiladi.
2. Milliy g`oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko`tarish, odamlar
ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo`lib hisoblanadi.
3. Milliy g`oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma`naviy
qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor
etishning ma`naviy mezoni bo`lib maydonga chiqadi.
Ma`naviyat, qadriyatlar va milliy g`oya - jamiyat hayotining juda murakkab va
serqirra, o`zaro uzviy aloqadorlikda bo`lgan sohalaridir. SHaxs hayotida, umuman
insoniyat taraqqiyotida, millat va davlat taraqqiyotining ma`lum davrlarida ma`naviyat va milliy g`oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydogan chiqadi.
Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma`naviy, milliy,
mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo`yicha:
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos
keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vosita-laridir
(masalan, hayotda kerak bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat
qiladigan, o`zi yaratgan, suyanadigan va qo`llab-quvvatlaydigan qadriyatlar
dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining
kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz
yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi
qadriyatlardir. Milliy g`oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari
kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga xizmat
qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarish-ning samaradorligi kishilarimizning milliy
g`oya bilan bog`liq qadriyatlar olamini bilishga bog`liq.
Hozirgi zamonda ilg`or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham
inson qadrini nechog`li yuksaklikka ko`tarishi bilan baholanadi.
Mamlakatimizdagi tub o`zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi.
Butamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog`lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega.
Odamlar ongida milliy g`oyaga asoslangan mustaqillik, ma`naviy va axloqiy
qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg`otish va tiklash jamiyat
barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Prezident Islom Karimov o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g`oya bilan bog`liq bo`lgan ma`naviy qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil ma`lumotlar bergan.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma`naviy merosi ming yillar mobaynida
SHarq xalqlari uchun qudratli ma`naviyat manbai bo`lib xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida totalitar tuzumga qaramay o`zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an`analari saqlanib qolindi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar
davomida yaratilgan bebaho ma`naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining
muhim vazifalaridan biri bo`lib kelmoqda.
Ma`naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy o`zlikni anglashi murakkabsharoitda –
eski imperiya tuzumi barbod bo`lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar
qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi.
Dastlabki paytlarda bir asrdan ziyod totalitar tuzumga qaramay milliy g`oyaga
asoslangan ma`naviyat «Inkorni - inkor» sifatida kechdi. Avvalgi tuzum qadriyatlarini inkor etishning o`zi siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug`dirardi.
SHuningdek, orqaga betartib qaytish jamiyatni yangilash
zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Ana shu inkor etish jarayonida ekstremistik ruhdagi muxolifat vujudga keladi. U ma`naviyatga qarshi muxolifat bo`lishi mumkin.
Jangari millatchilik, diniy murosasizlik va «o`zimniki» bo`lmagan hamma
narsaga nafrat bilan qaraydi. SHu boisdan bularni har tomonlama hisobga olgan
holda ma`naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik, bir - birini to`ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar ishlab chiqish, amalga oshirishni zarur qilib qo`ydi.
Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z
xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi.
Milliy ma`naviy qadriyatlar ko`p asrlik tarixga ega. O`zbekistondagi tarixiy
obidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularning
paydo bo`lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko`rsatadi. Masalan,
«Avesto» bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu asar paydo bo`lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o`tganligi, teran hayotiy tajriba va hikmatlar to`planganligi, shubhasiz.
Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida
yaratilganligi uchun ham shu paytgacha o`z qimmatini yo`qotmadi.
Davrlar o`tishi bilan milliy ma`naviy qadriyatlar ham o`zgarib, rivojlanib,
yangilanib, boyib boradi. Zamon ruhiga va taraqqiyot talablariga mos kelmay qolgan me`yor va talablar inkor etiladi. YAngicha tasavvur va yondashuvlar, fazilatva odatlar hayotga kirib keladi.
XXI asr boshiga kelib axborot texnologiyalari tufayli globallashuv jarayoni
yangi bosqichga ko`tarildi. Bu sharoitda milliy qadriyatlarga chetdan bo`ladigan
ta`sir beqiyos darajada zo`rayadi. Bu ta`sir, bir tomondan, milliy madaniyatlarning
boyishi, qadriyatlarning qayta baholanishi va yuksalishiga, ikkinchi tomondan esa,
millatning ruhiyati va qadriyatiga yot bo`lgan odat va harakatlarning kirib kelishiga sabab bo`ladi.
Islom Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida» asarida xalqning madaniy qadriyatlari, madaniy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun
qudratli ma`naviy kuch bo`lganligiga alohida e`tibor berdi.
Bunda 1) sobiq mafkura tazyiqini; 2) ma`naviy va madaniy merosni tiklash
O`zbekiston davlati siyosatida muhim vazifa sifatida belgilab olinganligini chuqur
o`rganish, yoshlarni unga e`tiborini jalb etish muhim.
Jamiyatda ma`naviy qadriyatlarni tiklashga milliy g`oya jarayoni sifatida
qarashda quyidagi jihatlarga e`tibor berish lozim:
1. Xalqimiz istiqbol tufayli siyosiy mustaqillikni qo`lga kirit-ganligi.
2. O`z taqdirini o`zi belgilashning chinakam egasi bo`lganligi.
3. O`zining ma`naviy-tarixiy ildizlarini o`rganish imkoniyati yuzaga
kelganligi, ammo uning juda murakkab jarayonlarda amalga oshirilayot-ganligi.
4. Mustaqillikning dastlabki yillarida «siyosiy, madaniy ekstremizm xavfi»
tug`ilishi mumkinligining hisobga olinganligi respublikada mustaqillikni saqlab
qolishda, barqarorlikni ta`minlashdagi ahamiyatini chuqurroq, atroflicha, aniq
misollar yordamida yoritish o`zining amaliy ahamiyatiga ega.
«Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi faoliyatini takomillashtirish va uning samarador-ligini oshirish to`g`risida»gi Farmoni va boshqa
manbalarda quyidagi qadriyatlar haqida gapiriladi:
1. Vatan - eng oliy makon, u menikidir.
2. Eng oliy qadriyat - inson.
3. Mulkning eng oliy shakli - intellektual mulk va inson faoliyati-ning eng
oliy turi - intellektual mehnat.
4. Vaqt eng oliy boylik.
5. Umuminsoniy qadriyatlar.
6. Moddiy qadriyatlar.
7. Milliy qadriyatlar.
8. Tabiiy qadriyatlar.
9. Iqtisodiy qadriyatlar.
10. Ijtimoiy - siyosiy qadriyatlar.
11. Ma`naviy qadriyatlar.
12. Axloqiy qadriyatlar.
13. Diniy qadriyatlar.
14. Oilaviy qadriyatlar.
15. Demokratik qadriyatlar va h.k.
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.
2. Xalqimiz ma`naviy merosini mustahkamlash, rivojlantirish.
3. Insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.
4. Vatanparvarlik.
O`zbekiston tanlagan ustuvor qadriyatlar:
1.Demokratik qadriyatlar
2.Erkin bozor iqtisodiyotini barpo etish
3.SHaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash
Milliy ma`naviy meros, qadriyatlarning tarkibi. Milliy ma`naviy meros va
qadriyatlar tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo`lib, uning tarkibi quyidagilardan
tashkil topgan:
1) Tarixiy meros va tarixiy xotira.
2) Madaniy yodgorliklar, osori-atiqalar, qadimiy qo`lyozmalar.
3) Ilm-fan yutuqlari va falsafiy tafakkur durdonalari.
4) San`at va milliy adabiyot.
5) Axloqiy fazilatlar.
6) Diniy qadriyatlar.
7) Urf-odat, an`ana va marosimlar.
8) Ma`rifat, ta`lim-tarbiya va hokazolar.
Milliy ma`naviy qadriyatlarning ana shu har bir ko`rinishi muhim ahamiyatga
ega. Bularning har birini misollar tariqasida chuqur tushuntirib berish mumkin.
Demak, milliy ma`naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi xalqning
mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Milliy istiqlol g`oyasining amal qilish tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Insonparvarlik tamoyili.
2. Vijdon erkinligi.
3. Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish - demokratik jamiyat barpo
etishning asosiy sharti.
4. Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyili.
5. Milliy qadriyatlarga sodiqlik.
6. SHaxs qadriyatlari, inson ma`naviy olami bilan bog`liqligi.
7. Oila - jamiyatning muqaddas uyi, eng asosiy tarbiya maskani.
8. Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlash-tirish.
9. Hayotni erkinlashtirish.
10. SHaxs erkinligiga tayanadi.
Mustaqillik tufayli milliy-ma`naviy tiklanishga imkoniyat yuzaga keldi.
Prezident I.A.Karimov “ma`naviy o`nglanishni amalga oshirmasdan iqtisodiy
o`nglanish mumkin emas”ligini aytib, “ma`naviyat xalqni, millatni millat qiladigan kuch-qudratdir” degandi.
SHu sabab mustaqillik yillarda johon tsivilizatsiyasiga salmoqli hissa qo`shgan buyuk allamalarning merosini yangidan ijodiy o`zlashtirish o`ayotiy ehtiyojga aylandi. Imom Buxoriy, at. Termiziy, B.Naqshband, Ahmad YAssaviy, al-Xorazmiy, Farg`oniy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur,
Ulug`bek, Navoiy kabi buyuk zotlar merosini o`rganio` demokratik jamiyatning milliyma`naviy negizlarini tashkil qiladi. Prezident I.A.Karimov 1992 yilda yozgan “O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li” asarida O`zbekistonni rivojlantirishning ma`naviy-
ahloqiy negizlarini ko`rsatib bergan edi:
1) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik,
2) xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish,
3) insonning o`z imkoniyatlarin erkin namoyon qilish,
4) vatanparvarlik.Bu tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, demokratik huquqiy davlat
va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29
avgusta Oliy Majlis 9-sessiyasida prezidentimiz islom Karimov “O`zbekistonda
demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlash-tirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari” ma`ruzasida jamiyatni ma`naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib bergan. “Barcha islohotlarning bosh yo`nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir” deb bu masalaga alohida e`tibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.
Ma`naviy barkamol inson haqadagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo`lgan emas. Uning tarixiy ildizlari SHarq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy ta`limotlariga borib taqaladi.
SHu sabab “Biz sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak.
Sog`lom kishi deganda faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan insonga ta`rif berib, ongi yuksak, mustaqil fikrli, xulq-atovori bilan ibratli, bilimli, ma`rifatli kishini tushunishini bayon etdiyu shu boisdan ham jamiyatning ma`naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo etish omilidir. Milliy-ma`naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o`zlikni
anglash ham zarur, chunki, xalq ma`naviyatning asosidir.
Milliy g`oya, milliy mafkura ma`no-mohiyati, biz uchun juda zarur va
kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
1. O`z kelajagini qurmoqchi bo`lgan har qanday davlat o`z milliy g`oyasiga
suyanishi va tayanishi zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura
asosiga qurilmog`i lozim. Oldin g`oya paydo bo`ladi. Odamlarimizni olijanob
maqsad atrofida birlashtirishimiz zarur. Ongni, tafakkurni o`zgartirmisdan turib, biz
ko`zlagan oliy maqsadga erishib bo`lmaydi.
2. Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o`tish sharoitida
yashamoqdamiz. SHu davrda maqsadimiz aniq bo`lishi kerak. Maqsadga puxta
ishlangan mafkura asosida etishish mumkin.
3. YOshlarimizni qanday g`oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va
tafakkur ular uchun qurol bo`lib xizmat qiladi?
4. Hech qanday g`oyaviy bo`shliqqa yo`l qo`ymasligimiz kerak. eng ta`sirchan
kurash avvalo, mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g`oyalar orqasidan ergashib ketmoqda.
5. Milliy g`oya millatning o`zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat
qilmog`i kerak
6. Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur.
7. Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko`tarilmasligi kerak.
“Foyaga qarshi faqat g`oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma`rifat
bilan kurashish, olishish mumkin.” Ozod bo`lsang ozod bo`l, erkin bo`lsang erkin
bo`l, mustaqil bo`lsang mustaqil bo`l. O`zbek millati oqko`ngil millat. Milliy mafkura o`zlikni anglashga xizmat qiladi. O`zlikni anglash o`z tarixini bilishdir. Tarixini bilish nasl-nasabini anglashdir.
Milliy g`oya birlashtiruvchi kuch, qanot bo`lishi shart.