«tasdiqlayman» Pedagogika fakulteti dekani E. R. Tilayev-fayllar.org
1. «An`anaviy madaniyat»ning birinchi saralash davri eramizdan oldingi ikki
ming yillikning so`nggi choragi va birinchi ming yillik boshlariga to`g`ri keladi. Bu
davr jamiyat barcha tomonlarining o`sishi va o`zgarishiga asos bo`lgan yangicha
ijtimoiy munosabat, mezonlarning qaror topishi bilan bog`liq. Bu davr ijtimoiy-
siyosiy o`zgarishlarga mos keladigan, an`anaviy qadriyatlar mezoni hisoblangan
«Avesto» yozma yodgorligi bilan uzviy bog`liq. Bu davrda nisbatan tor doiradagi
hududlar, urug` va qabilalar manfaatlariga mos kelgan qadriyatlar mezoni o`rniga
keng doiradagi hududlar va elatlar mushtarak manfaatlarining izchil ifodasi bo`lib, ibtidoiy ko`p xudolik (poleteistik) tasavvurlar o`rniga yakka xudolik (monoteistik) tasavvurlarning qaror topa boshlaganligini ko`ramiz. Mazkur jarayonning ilk bosqichlarida nisbatan kengroq hududlarda istiqomat qiluv-chi urug` va qabilalarning
umumiy manfaatlarini ifoda etuvchi obrazlarning yaratilishiga kuchli ehtiyoj
sezilgan.
Qabilalar o`rtasida umume`tirof etilgan dastlabki obraz «Hamma narsani
ko`rib turuvchi, hamma narsadan xabardor, ming ko`zli va ming qulog`i bor,
qabilalar o`rtasidagi kelishilgan shartnoma talablarining bajarili-shini qattiq nazorat
qiluvchi adolat tarozisini qo`lida tutgan quyosh timsolidagi «mitra» bo`lib shakllandi.
Umuman, o`sha davr uchun o`ta muhim bo`lgan narsa qabilalar o`rtasidagi
umumiy an`anaviy axloqiy normalarni qaror toptirish va unga izchil amal qilish
zaruriy ehtiyojga alanadi. CHunki Irtish-Urol hududlaridagi yuzlab qabilalar o`rtasida umumiy kelishuv (shartnoma)lar tuzilib, unga qat`iy rioya qilmasdan turib, tabiatning injiqliklariga birgalikda (hamjihat-likda) kurash olib borish, boshqa hudud qabilalaridan o`z hududlarini himoya qilishning imkoni yo`q edi.
\«Avesto» ta`limotidagi an`anaviy qadriyatlar mezoni to`la sof diniy-
mifologik mazmun bilan cheklanib qolmasdan, balki shu bilan birga ijtimoiy muhit talablarini ham, tabiiy hodisalarni o`rganish asnosida vujudga kelgan bilimlarga ham suyanadigan dunyoviy harakterga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, yovuz dev Axrimon odamlarga dahshat urug`ini sochish uchun o`n ming turdagi kasalliklarni
yuboradi. Unga qarshi ezgulik tangrisi Axura Mazda 9999 ta kasallikning davosini
tabiatdagi narsa-hodisalar (jonsiz, tirik va o`simliklar) dunyosining xossalari, sifatlari ko`rinishda odamlar uchun yaratadi. Odamlar tabiatni chuqur o`rganishlari orqali mazkur shifobaxsh xossa va sifatlarni ajratib olib, o`z dardlariga shifo topgan-lar. eng muhimi, tabiatni o`rganish orqali ortirilgan bilimlar qadriyat darajasiga ko`tarilgan.
SHundan bo`lsa kerak, Otashparastlar qadimda, hatto o`rta asrlarda ham 3 ta narsa bilan mashhur bo`lganlar: 1) sehrgarlik; 2) tabobat ilmida; 3) vinochilik bilan
shuhrat qozonganlar. Bu fazilat-larning uchalasi asosida ham tabiatni chuqur
o`rganish yotganligini ko`ramiz.