Ilmiy-texnika, reja, nazorat, hisob-kitob va tahliliy axborotlar olishga yo‘naltirilgan axborotlar jarayoni axborotlar tizimida bir shaklga keltirilgan va elektron hisoblash texnologiyasiga asoslangan axborotlar va ulami avtomatik qayta ishlash mehnat unumdorligini oshirishning muhim omilidir. Hozirgi davrda axborotlami uzatish, tarqatish va baholashda, shuningdek rejalash va nazoratni amalga oshirishda: — katta hajmli EHM va shaxsiy kompyuterlardan; — mittiprotsessorlardan; — telekommunikatsiya tizimidan; — elektron yozuv mashinkalari, kompyuterlar va mikroEHM larga o ‘matilgan qurilmalardan; — matnli axborotlami avtomatik qayta ishlash vositalaridan foydalanish vaqtdan samarali foydalanish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda EHM lar raqamsiz axborotlari (matnli va grafiklar) qayta ishlashda q o‘llanilmoqda va «hisoblash texnikasi» termini, kompyuter yordamida yechiladigan masalalarga mos kelmay qoldi. Zam onaviy EHM lar bir vaqtning o ‘zida matnli, raqamli va grafikli axborotlami qayta ishlash qobiliyatiga ega. Operativ boshqarishning ishlab chiqarish tizimida mikroEHM quyidagi maqsadlarda foydalanilmoqda: 100
— ishlab chiqarishning operativ rejalarini tuzish va uning bajarilish nazoratida; — ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur materiallar zaxirasining harakati nazoratida; — ish haqi hisoblashda; — buyurtmalar kelishi nazoratida; — mahsulot sotish haqidagi m a’lumotlami tahlil qilishda; — to‘lovlami o ‘z vaqtida kelishini nazorat qilishda; — hisob va hisobot ishlarini olib borish nazoratida. EHM dan foydalanish ishlab chiqarish nazorati tizimida muhim rol o ‘ynaydi.