boshqarishning keng tashkil shaklidan foydalanish mumkin; — agar ish kompleks nazorat qilishni talab qilsa, boshqarishning tor lxtisoslashuv
shaklidan foydalanish mumkin; — agar bo‘ysunuvchilarda bir yo‘nalishda harakatlanib, mustaqil ishlash qobiliyati bo‘lsa, ularga har bir masala bo'yicha yo‘riqnoma o‘tkazish zarur bo'lmasa keng ixtisoslashuv shaklidan foydalanish maqsadga muvofiq. Gorizontal koordinatsiya Vertikal koordinatsiyaga muqobil ravishda gorizontal koordinatsiya mavjud bo'lib, u bir darajadagi xodimlar o'rtasidagi aloqalarga asoslangan. Gorizontal koordinatsiyaning 3 shakli mavjud: birgalikda sozlash, operativ gumhlar va bozor orqali koordinatsiyalash. Birgalikda sozlash ishlari koordinatsiyalashning eng samarali yo‘li bo'lib, bir darajada turadigan xodimlar norasmiy aloqalardan foydalanib, oldilarida paydo bo‘lgan muammolami birgalikda tezda hal qilishi mumkin. Operativ gumh birgalikda sozlashdan so‘ng keladigan gorizontal koordinatsiya uning mexanizmini ifodalaydi. Operativ guruhlaming tashkil qilinishi bolimlami funksiyalar bo‘yicha ixtisoslashayotgan firmalarda katta samara beradi. Bunday firmalarda operativ guruhlar injener yo‘nalishidagi mutaxassislardan, ishlab chiqaruvchilardan, sotish, marketing, moliya bo‘yicha mutaxassislardan shakllanadi. Ular yangi mahsulot ishlab chiqarishdan uni bozorda sotishgacha bo‘lgan butun davrini ishlab chiqadi. Moslashuvchan (gibkiy) koordinatsiya. Bozorlar norasmiy aloqalar bo‘yicha birgalikda sozlashga asoslangan koordinatsiyalashning asosiy mexanizmidir. Norasmiy aloqalar katta va tabaqalashtirilgan firmalarda firma ichidagi boiimlar ishini koordinatsiyalashning eng yaxshi yo‘lidir. Kim maqsadga erishishni xohlasa, uni bilishi kerak. Maqsadni to‘g‘ri