shakllantirish va tanlash san’ati, uni amalga oshirish jarayonini boshqarish, amalga oshirishda erishilgan natijalarga baho berish mohir rahbami boshqalardan ajratib turadigan xislatlardir. Menejment nazariyasiga katta hissa qo‘shgan Meri Parker Follet uning mohiyatini aniqlab shunday degan edi: Menejment «odamlar orqali narsalar olish san’atidir». Tashkilotning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ishni to‘g‘ri taqsimlanishiga bog‘liq, masalan har 43
bir ishchiga to‘la asboblami berib, boshidan to oxirigacha avtomobil yasash topshirilsa, ish samarasiz bo‘ladi. Agar har bir ishchi o‘zining ma’lum bir vazifasiga ega bo‘lsa, unumdorlik birdaniga oshadi. Bundan tashqari ixtisoslashuv ham katta afzalliklarga ega, lekin o‘ta ixtisoslashuv ba’zan negativ natijalarga olib kelishini unutmaslik kerak. 0 ‘ta ixtisoslashuvning oldini olish uchun xodimning faoliyat doirasini kengaytirish, uning ish mohiyati mazmundorligini oshirish lozim. Masalan, Yaponiyaning «Toyoto» kompaniyasida ishlab chiqarishni boshqarish tizimi shunisi bilan diqqatga sazovorki, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun, u ishlab chiqarishning keraksiz elementlarini tizimdan chiqarib tashlaydi. Asosiy tamoyil: «zamriy detallami ishlab chiqarish zamr vaqtda, kerakli miqdorda» shiori ostida shakllanadi. Ishlab chiqarishning bunday yoiga qo‘yilishi hozirgi tez o‘zgarib turadigan bozor konyukturasiga mos keladi. Shunday qilib muvaffaqiyatning asosiy o‘zagini samaradorlik, tejamkorlik va unumdorlik belgilaydi. Mahsulotlar oqimining to‘xtovsizligi mahsulot turi va miqdori talabiga moslashish asosan ikki tamoyil orqali erishiladi: «Aniq va o‘z