foyda va tez o ‘sish; qattiq rahbarlik hisobiga yashash; asosiy vazifa mustahkamlanish va bozoming ma’lum qismini egallash; mehnatni tashkil qilish, foydani rejalashtirish, xizmat va maoshni oshirish. 3-faza. Yetuklik. Bosh maqsad tizimli muvozanatli o‘sish va shaxsiy shakllanish; vakolatlami berish orqali rahbarlik samaradorligi; asosiy vazifa — turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish; bozomi egallash, turli manfaatlarni hisobga olish, mehnatni tashkil qilish— taqsimot va kooperatsiya, shaxsiy natija uchun mukofot. 4-faza. Tashkilotning qarishi. Mohiyati bo‘yicha yetuklikning eng yuqori darajasi. Tashkilotning rivojlanishida bosh maqsad — erishilgan natijalami saqlash, boshqarish sohasida samarali harakatlami moslash orqali erishiladi; asosiy vazifa — barqarorlikni ta’minlash, mehnatni erkin rejimda tashkil etish, foydada qatnashish. 5-faza. Tashkilotning tiklanishi (qayta tug‘ilishi). Bosh maqsad — barcha funksiyalar bo‘yicha jonlanishni ta’minlash: jamoatchilik hisobiga o‘sish; bosh vazifa— yosharish; mehnatni tashkil qilish sohasida — ITTKI (ilmiy tajriba tadqiqot konstruktorlik ishlari) ni tatbiq qilish, jamoaviy mukofotlash. Tashkilotga umumiy tavsif
Tashkilot doimo mehnat jamoasini barcha a’zolari bir umumiy maqsadga erishishga intilayotgan bir necha o‘zaro bog‘liq maqsadga ega. Bir necha o‘zaro bog‘liq maqsadga ega bo‘lgan tashkilot — murakkab tashkilot deyiladi. Amaliyotda rejalash jarayonida rahbariyat tashldlot maqsadini ishlab chiqadi va uni tashkilot a’zolariga yetkazadi. Ammo bu jarayon bir tomonlama bo‘lmay taktik maqsadlarni ishlab chiqishda mehnat jamoasining barcha a’zolari qatnashadi. 4-rasm. Maqsadni birgalikda belgilash tartibi bosh motiv bo‘lib, u tashkilotning