ehtiyojlardan biridir. 2. O'zaro yordam. Yordam tariqasida o‘z boshlig'iga murojaat qilishi mumkin, ammo u noto‘g‘ri fikrga bormasligi uchun o‘z kasbdoshlari yordamiga intiladi. 3. Himoya. Odamlar biladiki, kuch birlikda. Shuning natijasida kishilaming noformal tashkilotga kirishi anglangan ehtiyoj bo‘lib qoladi. 4. Muloqot. Odamlar atrofda nima bo‘layotganini bilishni xohlaydi. Ko‘pchilik formal tashkilotlarda ichki aloqalar tizimi kuchsiz, ba’zan rahbariyat bilgan holda bo'ysunuvchilardan axborotlami yashiradi, bunday paytda axborot olish uchun yo‘l faqat noformal tashkilot orqalidir. 5. Moyillik (simpatiya). Odamlar kim unga moyil bo‘lsa unga yaqinlashishga harakat qiladi. Noformal tashkilot formal tashkilotga o‘xshagan yoki o‘xshamagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun noformal tashkilotni tavsiflovchi quyidagi belgilarini ajratish mumkin. 1. Ijtimoiy nazorat. Noformal tashkilot o‘z a’zolari ortidan ijtimoiy nazoratni amalga oshiradi. Gumh a’zolariga qo'llaniladigan yoki qo‘llanilmaydigan xulqiy etalon me’yorini o‘matish va mustahkamlash zararatini menejer bilishi kerak. Odatda kim bu me’yomi buzsa uni tashkilotdan chetlatiladi. 2. 0 ‘zgarishlarga qarshilik. Noformal tashkilotlarda o‘zgarishlarga qarshilik moyilligi kuzatiladi. Ko‘pincha bu o‘zgarishlar noformal tashkilotni keyinchalik yashashiga tahdid solishi bilan belgilanadi. 50
3. Noform al sardorlar. Noformal tashkilotlar o ‘z sardorlariga ega bo'ladi. Ulaming formal sardordan ajratib turadigan belgilari shundan iboratki, formal tashkilot sardorlari rasmiy ravishda belgilangan vakolat bo'yicha q o ‘llab- quwatlanadi. Noformal lider esa gumh tomonidan tan olinib qo'llanadi. Noformal