ya’ni uning amalga oshirilishi jarayonini sinchiklab va malakali tarzda kuzatib borishdir. Nazorat — bu boshqariladigan obyektlardan rahbar tom on y o ‘nalgan muqobil aloqaning alohida shaklidir. Boshqariladigan obyektning rivojlanish jarayoni ustidan muntazam nazorat qilib turilmasa, yuksak pirovard natijalarga erishib b o‘lmaydi. Bunday nazoratni tashkil etish, maqsadlami aniq belgilashni, tartib-qoidalami, tegishli mexanizmni barpo qilishni talab etadi. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir menejeming ishidir. Ijrochi nazorat quyidagi turlarga b o‘linadi: Agar nazorat davri uzoq bo‘lib ketsa, oraliqda y o ‘qotishlar bo‘lmasligi uchun uni boshlang‘ich, joriy va oxirgi davrlarga mos ravishda o ‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir. Tajribali rahbar natijalar nazoratini eng oxirgi nazoratga bog‘lab q o‘ymaydi. Agar startdan finishgacha masofa qancha uzoq bo‘lsa, oraliq yoki joriy nazorat shunchalik muhimdir. Tekshirilayotgan davrlar muddati boshlang‘ich davrga nisbatan og‘ishlami aniqlashga imkon berishi zarur. Shunday qilib oraliq joriy nazorat kundalik nazoratga aylanadi. Boshlang‘ich va joriy nazoratning kuramasi (kombinatsiyasi) muvaffaqiyatsizlikning oldini olishda muhim quroldir. M a’lum davr yoki loyihaning oxirgi nazorati o ‘tgan yoki kelajak davrga qarash uchun sabab bo‘lib, quyidagi savollarga javob berishi lozim: — Nimaga o ‘rgandim? — Belgilangan rejadan og‘ib ketish sababi nima? — Kelasi safar boshqachasiga qanday qilish kerak? — Yangi maqsadlar ishlab chiqish uchun qanday xulosalar qilish kerak? Shunday qilib, kim nazoratni motivlashtirish quroliga aylantirmoqchi b o‘lsa, u aw alo o ‘zini nazorat qilib q o‘pol xatolardan qutulish lozimligini unutmasligi kerak. Nazoratlar ichida m e’yoriy nazorat alohida ahamiyatga ega.