R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


xalqimizdan esa arzon mehnat resurslari sifatida foydalanish niyatlarini yashirib



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/192
tarix27.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#149832
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192
Menejment asoslari

xalqimizdan esa arzon mehnat resurslari sifatida foydalanish niyatlarini yashirib
o ‘tirmadi. Hammamizga ma’lum bo‘lgan yaqin tarixiy o'tmishimiz bu
narsalaming guvohi bo‘ldi.
Bolsheviklar millatlar o‘z-o‘zini belgilash huquqlariga egadir deb o‘zlari
e’lon qilgan ishlarga xilof ravishda Turkiston xalqlariga o‘z taqdirlarini mustaqil
hal qilish huquqini bermadilar va ko‘p millatli sobiq Rossiya imperiyasining
barcha xalqlari singari bu xalqlarga ham jamiyatni sotsialistik qayta tuzish
modelini tiqishtirdilar.
0 ‘sha davrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi deb atalgan
yurtimizda yangi iqtisodiy siyosat notekis amalga oshirilib bordi. 1921-yili ekin
maydonlari oldingiga qaraganda ancha kengaytirildi. Lekin keyingi uch yilda
yana qisqardi. Bir qancha sabablarga ko‘ra NEP (yangi iqtisodiy siyosat) o‘lka
xalq xo‘jaligining asosiy sohasiga sust ta’sir o‘tkazdi. NEP ning asosi iqtisodiyot,
xalq xo‘jaligiga rahbarlik qilishining harbiy kommunistik usullaridan voz kechish,
ishlab chiqaruvchiga, awalo dehqonga bir qadar erkinlik berishdan iborat edi.
NEP dehqonga belgilangan oziq-ovqat solig‘ini to‘lagandan keyin qolgan
qismiga erkin egalik qilish, uni bozorda sotish, o‘z xo'jaligi va shaxsiy ta’minoti
uchun zarur narsalami sotib olish imkonini berdi. Shaharda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish maqsadlarida o‘rta va mayda korxonalar, savdo shohobchalari,
hammomlari va boshqa muassasalar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini mablag1 bilan ta’minlashga
o‘tkazilgan eng muhim sohalari davlat ixtiyorida qoldi. Xususiy kapital bilan
hissadorlik jamiyatlari tuzishga, ishchi kuchini yollashga ruxsat berildi. Shunday
yangi sharoitlarda soliqlar va soliq siyosatiga hal qiluvchi ahamiyat berildi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin