(kombinatsiya) shaklda bo‘lishi mumkin. Kompaniyada asta-sekin biznesning yangi yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq bo‘limlarini tashkil qilish mumkin. Bo‘limlar geografik belgilar bo‘yicha u yoki bu hududga xizmat ko'rsatishi asosida tashkil qilinishi mumkin. Tashkilot Texnologiyalar I Odamlar Maqsadlar I 47
Shunday qilib bo‘limlami korxona ichida ixtisoslashuvining to‘rtta talabini ajratib ko‘rsatish mumkin: — ishlab chiqarish turlari bo‘yicha; — geografik hududlar bo'yicha; — iste’mol bozorlari bo‘yicha; — faoliyat turi bo‘yicha. Bu yo‘nalishlar korxona tashqi va ichki muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar bo‘lib xizmat qiladi. «Ilmiy tashkil qilish» va «ilmiy boshqarish» nomini olgan yangi maktab lideri F. Teylor tasodifiy ishga tasdiqlangan ishchi tizimini o‘zgartirishga ahd qilib, uning o‘miga u ishchi, qaysi ishni xohlasa, uni yaxshi bajarsa, shu ishni ishchiga berishga qaror qildi. U ishni standartlashni orzu qilib, ishchilarga tashkil qilish, hisob-kitob, rejalashtirish ishlariga yordam berib, ish haqini rag‘batlantiruvchi roliga erishib, ishchilami muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan nazoratchilarga katta e’tibor berdi. Agar firma ishchi hayoti, yashash sharoiti haqida g‘amxo‘rlik qilib, uni qaror qabul qilishga tortib katta mas’uliyat yuklasa, u birdaniga ish sifatini va mehnat unumdorligini oshiradi. Tashqi va ichki muhitga bog‘liqligi. Bu tashkilotning eng muhim tavsifidir. Hech qanday tashkilot, tashqi muhit mo‘ljalga bog‘liqsiz yashay olmaydi. Ular 6-rasm. 48