Р1-laboratoriya ishi


-rasm. Quvvati 6 kW, aylanish chastotasi n=1500 ayl/min



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Р1 2015

5.4-rasm. Quvvati 6 kW, aylanish chastotasi n=1500 ayl/min,
UN= 220 V bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinasi:
1– sharikli podshipnik; 2–oldingi (kollektor tomonidagi) podshipnik qalqoni; 3–kollektorni plastmassa bilan mahkamlagich; 4–cho‘tka tutqich barmog‘i; 5–kollektor plastinasi; 6–stanina (tana gardishi); 7–yakor o‘zagi; 8–yakor chulg‘ami pazdan tashqari qisminining bandaji (kamari); 9– orqa tomondagi podshipnik qalqoni; 10–ventilyator; 11– val; 12– bosh qutb; 13– bosh qutb qo‘zg‘atish g‘altagi; 14–qo‘shimcha qutb qo‘zg‘atish g‘altagi; 15–qo‘shimcha qutb; 16–yakor chulg‘ami joylashtirilgan paz; 17– cho‘tka tutqich; 18– cho‘tka

Qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altaklari qutb o‘zaklariga kiydiriladi va staninaga siqib mahkamlanadi. O‘rta va katta quvvatli O‘T mashinalarida sovitish yuzani oshirish uchun qo‘zg‘atish g‘altaklarini ikki qismga bo‘ladilar. Asosiy qutb g‘altaklarini shimoliy va janubiy qutblar navbatma-navbat keladigan tartibda ulab qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilinadi. Bu chulg‘am mashinada asosiy maydon hosil qilish uchun xizmat qiladi


Quvvati 1 kW va undan katta bo‘lgan O‘T mashinalarida kommutatsiya jarayonida sodir bo‘ladigan uchqunlanishni kamaytirish uchun qo‘shni joylashgan bosh qutblar orasida (mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha) qo‘shimcha qutblar o‘rnatiladi. Qo‘shimcha qutblar o‘zagi yaxlit po‘lat yoki qalinligi 1 mm po‘lat listlaridan yig‘ilgan bo‘ladi. O‘zakka to‘g‘riburchak kesimli simdan tayyorlangan chulg‘am g‘altagi o‘rnatiladi.
Yakor (5.5-rasm)val va unga o‘rnatilgan silindrik shakldagi po‘lat o‘zak, uning pazlariga joylashtirilgan yakor chulg‘ami va uning seksiyalarini ulash uchun ma’lum tartibda yig‘ilgan maxsus shakldagi mis plastinalari majmuasi (kollektor)dan iborat (6-rasm).
Y akorning po‘lat o‘zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat lislardan yig‘ilgan bo‘ladi. Bu holda magnit maydonda yakor aylanishida o‘zakda hosil bo‘ladigan uyurma toklar ta’siri keskin kamayadi. Yakor pazlaridagi chulg‘am seksiyalarini maxsus ponalar bilan, pazdan tashqari qismlarini esa bandaj (kamar)lar bilan mahkamlanadi. Kollektor (yig‘uvchi) sovuq holda jo‘valangan qattiq mis-dan tayyorlangan ponasimon kesimli plastinalardan silindr shaklida yig‘iladi. Plastinalar bir-biridan mikanit qistirmalar bilan izolyatsiyalanadi. Kam va o‘rta quvvatli O‘T mashinalarida kollektor plastinalari va mikanit qistirmalar plastmassa yordamida presslab mahkamlanadi (5.6,b-rasm).Yig‘ilgan kollektor qizdirilgan holda valning yakor chulg‘ami yoniga joylashtirib mahkamlanadi. Kollektor plastinalarining yakor chulg‘ami tomonidagi chiqib turadigan qismiga chulg‘am seksiyalari kavsharlanadi. Kollektor plastinalari yakor chulg‘ami o‘ramlarini ketma-ket ulaydi. Kollektor yakor chulg‘ami bilan birga aylanadi, uning yuzasida chulg‘amni tashqi elektr zanjiri bilan bog‘lovchi cho‘tkalar traversaga (yoki podshipnik qalqoniga) mahkamlangan cho‘tka tutqichlar yordamida qo‘zg‘almas holatda tutib turiladi. Traversa – zarurat tug‘ilganda cho‘tkalar sistemasini mashina qutblariga nisbatan siljitish imkonini beruvchi qurilmadir (5.7-rasm). Cho‘tkalar va qo‘zg‘atish chulg‘amidan chiqqan simlar maxsus klemma (qisqich)lar taxtachasiga chiqarilgan bo‘ladi




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin