Р1-laboratoriya ishi


-rasm. Yakor chulg‘ami bitta o‘ram



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə5/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Р1 2015

5.9-rasm. Yakor chulg‘ami bitta o‘ram (2 ta o‘tkazgich)dan iborat bo‘lgan eng oddiy o‘zgarmas tok gеnеratorining modеli (a); yakor bitta aylantirilganda o‘tkazgichlarning magnit maydondagi holatlari (b) va o‘zgarmas EYK (yoki tok) ning hosil bo‘lishi (s); yakor chulg‘ami fazoda bir-biriga nisbatan 90 (da joylashgan ikkita o‘ram (4 ta o‘tkazgich)dan iborat bo‘lganda (d), tashqi zanjirda EYK (yoki tok) pulsatsiyalanishining kеskin kamayishi (e)



Shunday qilib, «A» cho‘tka tagida hamma vaqt shimoliy qutb ta’siridagi, «V» cho‘tka tagida esa janubiy qutb ta’siridagi o‘tkazgich ulangan plastina turadi. Natijada O‘T generatorida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kollektor va cho‘tkalar vositasida zanjirning tashqi qismidagi pulsatsiyalanadigan tokka aylantiriladi (5.9,c-rasm).Agar yakor chulg‘ami fazoda bir-biriga nisbatan 90 da joylashgan ikkita o‘ramdan iborat bo‘lsa (5.9,b-rasm), tashqi zanjirda tokning pulsatsiyalanishi keskin kamayadi (5.9,c-rasm).
Albatta, yakor chulg‘ami bitta yoki ikkita o‘ramdan emas, balki bir necha o‘ramdan iborat bo‘ladi. Natijada tokning tashqi zanjirdagi pulsatsiyasi keskin kamayadi. Masalan, chulg‘amdagi o‘tkazgichlar soni 16 ta (o‘ramlar soni 8 ta) bo‘lsa, tokning pulsatsiyasi sezilmay qoladi va generatorning tashqi zanjiridagi EYK (yoki tok) ni faqat yo‘nalishi bo‘yicha emas, balki kattaligi bo‘yicha ham o‘zgarmas deyish mumkin bo‘ladi.
Yakor chulg‘amiga yuklama ulanganda o‘tadigan tok asosiy maydon bilan ta’sirlashib elektromagnit kuch va moment hosil qiladi. Elektromagnit kuchning qiymati Amper qonuniga binoan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Fem = Вo‘rt Ia . (5.2)
Bu kuchning yo‘nalishi «chap qo‘l qoidasi» bo‘yicha aniqlanadi. Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagiga teng bo‘ladi:
M = FemD / 2 = CmF Ia , (5.3)
bunda D/2–yakorning radiusi; Cm = rN/(2a)– mashina konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas son. Mashina generator rejimida ishlaganda bu moment tormozlovchi ta’sir etadi.


Sinov savollari
1. O‘zgarmas tok gеnеratorining tuzilishi va ishlash printsipini gapirib bеring.
2. Gеnеratorning salt ishlash tavsifi qanday olinadi?
3. Gеnеratorning qisqa tutashuv tavsifi qanday olinadi?
4. O‘zgarmas tok gеnеratorlarining turlari va sxemalarini chizing?
5. Cho‘tka va kollektorning vazifasi?

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin