Р1-laboratoriya ishi


-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok gеnеratorining tashqi (a) va rostlash (b) xaraktеristikalari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Р1 2015

6.6-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok gеnеratorining tashqi (a) va rostlash (b) xaraktеristikalari


Yuklama toki kamaya borgan sari, ko‘ndalang yakor reaksiyasi ta’sirining susayishi va yakor zanjirida kuchlanish pasayishi IaRa ning kamayishi tufayli, yakor chul-g‘ami chiqish klemmalaridagi kuchlanish tobora oshadi (6,a-rasm, 1).Tashqi xarakteristika yuklamani oshirib olinganda kuchlanish pasayuvi quyidagicha aniqlanadi:


U%100 (UN –Ua)  UN , (6.2)
bunda UN – yakor toki Ia  IN bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi nominal kuchlanish.
Kompensatsion chulg‘ami bo‘lmagan o‘rta quvvatli mashinalarda kuchlanishning oshishi, odatda (510) foizni tashkil qiladi.
Rostlash xarakteristikasi. Yakorning aylanish chastotasi nN const va yakorning kuchlanishi UN  const bo‘lganida Iqozf (Ia) bog‘liqlik – generatorning rostlash xarakteristikasini ifodalaydi.
Bu xarakteristikani, yuklama tokini kamaytirib olingan hol uchun ko‘rib chiqamiz. (1) formulaga asosan, agar qo‘zg‘atish toki Iqoz ning qiymatini o‘zgartirmay qoldirilsa, yuklama toki Ia ning kamayishi tufayli yakor reaksiyasining kuchsizlanishi va IaRa ning kamayishi sababli, generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanish miqdori oshadi. Lekin, shartga ko‘ra, Ua UN const bo‘lishi kerak, shu maqsadda, rostlash xarakteristikasini olayotgan paytda qo‘zg‘atish toki Iqoz ni kamaytirib borish lozim bo‘ladi (6,b-rasm).
Tajribada rostlash xarakteristikasining ikkita shoxobchasini, ya’ni yuklama toki Ia ni 0  Ia  IN oraliqda tobora oshirib (1-shoxobcha), so‘ngra, tok Ia ni IN qiymatidan asta-sekin 0 gacha kamaytirib (2-shoxobcha) olinadi. Bunda 1-shoxobcha ikkinchiga nisbatan yuqorida joylashadi. Bunga sabab: 1-shoxobchani olishda yuklama toki Ia ning qiymati IN gacha oshganda bir vaqtning o‘zida qo‘zg‘atish toki Iqoz ham oshiriladi. Bu esa, magnit zanjirining po‘lat qismlarida Фqol ning nisbatan ko‘payishiga olib keladi, natijada xarakteristikaning 2-shoxobchasini olganda UaUNconst bo‘lishi uchun kamroq qo‘zg‘atish magnit oqimi (demak, kamroq qo‘zg‘atish toki) talab qilinadi. Bu ikkala shoxobchaning o‘rtasidan o‘tkazilgan punktir chiziq rostlash xarakteristikasi uchun qabul qilinadi (6.6,b-rasm).
Shuni ta’kidlash kerakki, rostlash xarakteristikasi, yuklama tokini o‘zgartirganda generatorning kuchlanishini o‘zgartirmay saqlab turish maqsadida, qo‘zg‘atish tokini rostlash qonuniyatini ifodalaydi. Masalan, yuklama tokini oshirganda generator kuchlanishining nominal qiymati UN ga nisbatan kamayishini bartaraf etish, ya’ni kuchlanishni UN const qilib saqlash uchun qo‘zg‘atish toki Iqoz ni bir oz oshirish kerak bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin