Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Buxarakteristika–yakor chulg‘ami qisqa tutashtirilib (demak, Ua= 0), aylanish chastotasini nnN const bo‘lgandagi Ia f(Iqoz) bog‘liqlikni ifodalaydi.
QTX ni tajribada qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qiladigan magnit oqimining yo‘nalishi Фqol yo‘nalishi bilan mos tushgan hol uchun oladilar. Bu holda qo‘zg‘atish tokini 0 dan boshlab oshirganda qisqa tutashuv (QT) toki Iqtbironta a nuqtadan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda oshadi (6.5-rasm). Iqoz0 bo‘lganda ham yakor zanjiridan Iqt 0a tok o‘tadi. Bu tok Фqol yakor chulg‘amida vujudga keltirgan kichik qiymatdagi EYK Eqol hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda yakor tokining yo‘l qo‘yilgan qiymatlarida QTX deyarli to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Agar cho‘tka bilan kollektor orasidagi o‘zgaruvchan kontakt qarshiligini e’tiborga olmasak (bunda Ra const) QT toki Iqt EYK Ea ga, magnit sistema to‘yinmaganligi uchun bu tok (Iqt)qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgarar ekan (Iqt Iqoz).
Tashqi va rostlash xarakteristikalari. Generatorni ishlatishdagi asosiy ish jarayonni belgilovchi xarakteristika – tashqi xarakteristikadir. Odatda, generatorlarga nisbatan qo‘yiladigan talab (payvandlash generatorlaridan tashqari) umumiy bo‘lib, ularning qo‘zg‘atish toki Iqozconst bo‘lganda, yuklama tokining qiymati 0 dan yo‘l qo‘yilgan qiymatgacha o‘zgarganda, generatorlarning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi nominal qiymatidan mumkin qadar kam o‘zgarishi amaliyot uchun muhimdir.
Tashqi xarakteristika–qo‘zg‘atish toki IqozNconst va yakorning aylanish chastotasi nNconst bo‘lganda Uaf(Ia)bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristikani ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita hol uchun tahlil qilish foydalidir:
1) salt ishlash rejimda (Ia0) yakor chulg‘amida hosil bo‘lgan EYK ning qiymati E0 UN ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki Iqoz.N const bo‘lganda yuklama tokini oshirib olish (6.6,a-rasm, 2);
2) yakor chulg‘amining toki IaIN va kuchlanishi UN bo‘lganda qo‘zg‘atish tokini Iqoz.N const qilib, yuklama tokini kamaytirib olish (6,a- rasm, 1).
Tashqi xarakteristikani tajribada yuklama tokini Ia 0 dan Ia INgacha oshirib olinganda, generator chiqish klemmalaridagi kuchlanishi, yakor reaktsiyasi magnitsizlovchi ta’sirining va yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi tufayli bir oz kamayadi (2-egri chiziq). Tashqi xarakteristika egri chizig‘ining shakliga yuklama toki tufayli magnit zanjiri to‘yinish darajasining o‘zgarishi ham sabab bo‘ladi.
Ma’lumki, generatorning kuchlanishi (Ua), natijaviy magnit oqimiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan Ea, yakor zanjiridagi (IaRa) hamda cho‘tkalarda bo‘ladigan (Uch) kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi:
UaEa–IaRa– Uch. (6.1)
Yuklama toki oshirilganda yakor reaksiyasining mashina asosiy maydoniga bo‘lgan magnitsizlovchi ta’siri ortadi. Qo‘zg‘atish toki Iqoz const bo‘lganligidan, generatorning natijaviy magnit oqimi, demak, EYK Eaham bir oz kamayadi.
Tashqi xarakteristikani tajribada olishda davlat standarti tavsiyasi qo‘yidagicha: yakorning aylanish chastotasi n nN va qo‘zg‘atish tokini Iqoz.N =const holda saqlab, yuklama toki Ia ni nominal qiymatidan 0 gacha kamaytirib olish lozim.