Р1-laboratoriya ishi


Yuklanish xarakteristikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə11/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Р1 2015

Yuklanish xarakteristikasi. Uning tajribada olinishi va o‘zgarish xarakteri, xuddi mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlarniki kabi bo‘ladi (6.4-rasmga qarang).
Rostlash xarakteristikasi. Parallel qo‘zg‘atishli O‘T generatorining rostlash xarakteristikasi, xuddi mustaqil qo‘zg‘atishli generatorniki kabi (6.6,b-rasmga qarang), Ua  UN  const va n  nN  const bo‘lganda, Iqoz f (Ia) bog‘liqlikdir. Bu xarakteristika, yuklama tokining har xil qiymatlarida yakor zanjirining kuchlanishini UaUN sonst qilib saqlab turish uchun qo‘zg‘atish toki Iqoz ning o‘zgarishi qanday tarzda bo‘lishini ko‘rsatadi. Agar yakor toki Ia va yuklama toki Iyu larning ozgina farqini e’tiborga olmasak, parallel qo‘zg‘atishli generatorning rostlash xarakteristikasi mustaqil qo‘zg‘atishli generatornikidan farq qilmaydi (6.6,b-rasm).
Tashqi xarakteristikasi. Bu xarakteristika rqoz  rqoz rsh.r  const va n  nN  const bo‘lganda, Ua f (I) bog‘liqlik ko‘rinishda bo‘ladi.
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning bu xarakteristikasi xuddi mustaqil qo‘zg‘atishli generatorning tashqi xarakteristikasi kabi, qo‘zg‘atish sistemasidagi rostlovchi reostatning dastlabki olingan nuqtadagi (UaUN) holatini o‘zgartirmasdan yuklama tokining o‘zgarishi yakor zanjirining chiqishidagi kuchlanishi Ua ga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, mustaqil qo‘zg‘atishli generatorda qo‘zg‘atish toki o‘zgarmas bo‘lsa, parallel qo‘zg‘atishli generatorlarda esa, Uqoz  Ua bo‘lganligidan qo‘zg‘atish toki Iqoz o‘zgaradi, ya’ni
Iqoz  Uqoz  rqoz  const (6.4)
bo‘ladi. Demak, qo‘zg‘atish zanjiridagi qarshilik rqoz const bo‘lsa, qo‘zg‘atish toki Iqoz generator yakorining kuchlanishiga mutanosib ravishda o‘zgarar ekan.
Yuklama tokini oshirib olingan tashqi xarakteristikalarini taqqos-lasak (6.8-rasm), parallel qo‘zg‘atishlida bu xarakteristika mustaqil qo‘zg‘atishlinikiga nisbatan pastroqda joylashganini ko‘ramiz. Bu quyidagicha tushuntiriladi. Agar mustaqil qo‘zg‘atishli generatorda yuklama tokining oshishi bilan kuchlanishning tushishiga: 1) yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri va 2) yakor zanjiridagi kuchlanishning pasayishi sabab bo‘lsa, parallel qo‘zg‘atishli generatorda bunga 3-sabab qo‘shiladi, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan 2 ta sababga ko‘ra, yakor zanjiridagi (demak, qo‘zg‘atish zanjiridagi) kuchlanishning kamayishi (chunki Uqoz  Ua) tufayli qo‘zg‘atish tokining kamayishi ta’sir ko‘rsatadi. Demak, shu 3-sababga ko‘ra, parallel va mustaqil qo‘zg‘atishli generatorlarning tashqi xarakteristikalari bir-biri bilan farq qilar ekan.

Agar tashqi xarakteristikani tajribada olish jarayonida yuklama qarshiligi Ryu ni 0 gacha kamaytirishni davom qildirsak (6.8-rasmda 2-punktir chiziq), yakor toki Ia haddan tashqari oshib ketadi, chunki bunda Ua  0 bo‘lib, qisqa tutashuv rejimiga ega bo‘lamiz. Yakor tokining yo‘l qo‘yilgan qiymatidan oshib ketishi yakor chulg‘amini ishdan chiqaradi.


Parallel qo‘zg‘atishli generatorning tashqi xarakteristikasini olishda Ryu ni 0 gacha kamaytirsak yuklama toki Iyu= Ia o‘zining kritik Ikr(22,5)IN qiymatigacha oshib, keyin esa kamaya boradi (6.8-rasm, 1-punktir egri chiziq). Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma’lumki, Ryu qarshilikning kamayishi yuklama tokining oshishiga olib kelishi kerak, ammo yuqorida ko‘rsatilgan 3 ta sababga ko‘ra generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanishning kamayishi, teskari yo‘nalishda ta’sir qiladi. Yuklama tokining qiymati yuklama qarshiligi va generator kuchlanishining qiymatlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, mustaqil va parallel qo‘zg‘atishli generatorlarning xarakteristikalari va xossalari yuklama tokining Ia  0 dan Ia  IN gacha o‘zgarishida bir-biridan kam farq qiladi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin