Р1-laboratoriya ishi


-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining yakori



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/13
tarix06.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#83110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Р1 2015

5.5-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining yakori:
1 – yakor o‘zagi; 2 – bandajlar; 3 – kollеktor; 4 – yakor chulg‘amining pazlardan tashqari qismi; 5 – val








5.7-rasm. O‘zgarmas tok mashinasining cho‘tka mеxanizmi:
a – travеrsa; b – cho‘tka tutqich va cho‘tkalar: 1 – cho‘tka tutqichni mahkamlash uchun izolyatsiyalangan barmoq; 2– barmoqni qisuvchi kronshtеyn; 3 – chotkalarning kollektortordagi holatini belgilash uchun bolt; 4 – cho‘tka tutqich; 5 – sim; 6 va 7– cho‘tkani kollektorga siquvchi qismlar; 8 – cho‘tka va kollektor orasidagi bosimni rostlash uchun gayka; 9– prujina; 10 – cho‘tka; 11– cho‘tkani o‘rnatish uchun moslama.
O‘T mashinasini sovitish uchun uning valiga ventilyator o‘rnatiladi. Valning ikkala tomoniga podshipnik qalqonlari mahkamlanadi.
O‘T mashinalari qo‘zg‘atilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi (5.8-rasm): mustaqil, ketma-ket, parallel, aralash qo‘zg‘atishli va doimiy magnitli O‘T mashinasining mustaqil qo‘zg‘atishli turida qo‘zg‘atish chulg‘amiga tashqi O‘T manbayidan tok berib asosiy maydon hosil qilinadi (5.8,a-rasm); parallel qo‘zg‘atishlida (5.8,b-rasm) mashinaning asosiy magnit maydoni qutb o‘zagidagi qoldiq magnit oqimi ta’sirida, ya’ni o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish hodisasi tufayli hosil bo‘ladi; ketma-ket qo‘zg‘atishli turida (5.8,c-rasm) mashinaning asosiy maydoni yuklama ulangandan keyingina hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘ladi; aralash qo‘zg‘atishli turida (5.8,d-rasm), salt ishlash rejimda mashinaning asosiy magnit maydonini parallel qo‘zg‘atishli chulg‘am hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa qo‘zg‘atish maydonini parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlarining natijaviy maydoni tufayli hosil bo‘ladi.
O‘T mikromashinalarining ko‘pchiligida mashinaning asosiy maydoni doimiy magnit vositasida hosil qilinadi (5.8,e-rasm). Bu holda mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘ami vazifasini doimiy magnit bajaradi.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin