II b o b . 0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
EKOLOGIK HOLAT YA EKOLOGIK
XAVFSIZLIKNI TA’M INLASH
II. 1. Atrof-muhit holati
1991—2001 -yillar m obaynida olib borilgan tabiatni
muhofaza qilish tadbiiiari natijasida respublikada ekologik
holatn in g m uqim lashuvi, ayrim m in taq alard a h a tto
yaxshilanishi ro‘y berdi. Doimiy va ko‘chm a ifloslantiruvchi
manbalar tom onidan atmosferaga tashlanadigan ifloslanti-
ruvchi m oddalarning miqdori 1991 -yilda 3,81 mln tonna
bo‘lgan bo‘lsa, 2001 -yilga kelib 2,25 mln tonnani tashkil etdi
yoki 39,6 % ga pasaydi. Bunda doimiy manbalardan chiqari-
ladigan moddalar 1,21 million tonnadan 0,71 mln. tonnaga-
cha, ya’ni 47,2 % ga, ko‘chm a m anbalardan esa 2,59 mln.
tonnadan 1,54 mln. tonnagacha, yoki 40,5% ga kamaydi.
Ochiq suv havzalariga ifloslangan sanoat oqavalarini
tashlash hajm i 1990-yilda 327,3 mln. m 3 dan, 2001 yilda
168,6 mln. m 3 gacha kamaydi (oldindan berilgan m a’lu-
motlar) va ochiq suv ob’ektlariga bo ‘lgan suv ajratilishining
13,8 % ga yaqinini tashkil etadi.
Q ishloq xo ‘jalik yerlarida tu p ro q n i asosiy ifloslanti-
ruvchilari xloroorganik pestisidlar (D D T yig‘indisi) va
ularning m etaboliylari bilan ifloslanishining o ‘rtacha
darajasi — 1991 -yildan 2000 yilgacha b o ‘lgan davr ichida
pasaydi va Farg'ona vodiysidagi, Xorazm va Toshkent vilor
yatlaridagi ayrim uchastkalarni istisno etganda 1,0
3,08
ChYK dan oshm adi. Bu yerlarda ifloslanish darajasi 1,5
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan 5,5 ChYK gacha yetganligi qayd etilgan. Tuproqning
G X SG yig‘indisi bilan ifloslanishi m azkur davr ichida
1,0 C hY K dan oshm agan.
Uzoq yillar mobaynida ekologik xavfsizlik muammosi
bilan jiddiy shug‘ullanilm agan edi. Bozor iqtisodiyotiga
o ‘tish davrida ekologik m uam m olarning keskinlashuviga
asosiyjamg‘armalarning davom etayotgan eskirishi, avariya
ehtimolining oshishi, ishlab chiqarish aritmiyasi, boshlan-
g‘ich kapital to ‘plash davrida tabiat atrof- muhitga va tabiiy
resurslarga iste’molchi munosabatida bo‘lishi, tabiat atrof-
m uhit muhofazasiga ajratilgan davlat byudjetinig yetarli
emasligi sabab bo‘ladi.
T abiatdan nooqilona foydalanishning butu n boshli
m intaqa uchun qanchalik shiddatli va miqyoslik ekologik
dahshat bo'lishi m um kin ekanligini Orol tanazzuli butun
jahon jamoatchiligigajiddiy ogohlantirish b o ‘ldi. Orolning
qurish boshlanganligi bun d an 100 yil oldinroq m a’lum
bo‘lgan b o ‘lsa ham , yigirma yil aw al bu narsaga hech kim
jiddiy aham iyat berm agan edi. U vaqtlarda uning g'arbiy
qirg‘oqlaridagi chekkalari yalang‘ochlanib qolgan, sayoz-
roq b o ‘lgan jan u b iy va sharqiy qirg'oqlari tubining bir
qismi yalang‘ochlangan edi. 1858-yildan 1894-yilgachaja-
nubiy A ybug‘ir q o ‘ltig‘i to ‘la qurigan edi. 1989-yil Orol
dengizi katta va kichik dengizga bo‘lindi. Kichik dengiz suv
tushuvchi, katta dengiz esa yopiq suv havzasiga aylandi.
Shunday qisqa davr ichida yer yuzasida kattaligi bo'yicha
to ‘rtinchi o ‘rinda turuvchi yerning yopiq suv havzasi
yo'qola boshladi va bu tanazzul markazida bir butun Yevropa
davlatining aholi soniga teng keluvchi aholi qolib ketdi.
24
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu jarayonning m um kin b o ‘lgan sabablari Amucla-
ryo va Sirdaryo daryolarining Orolga qo ‘yiluvchi suv, ko‘l
va uning yon atrofiga yog‘ilayotgan yog‘in m iqdorining
kamayishi, havo haroratining oshishi va kuchli shamollar
deb faraz qilinmoqdar
Dengizdagi suv sathining keskin pasayishi va uning
ikki qismga b o ‘linishi q o ‘shiluvchi suv balansini hisob-
lash usullarini mukammalashtirish lozimligini taqozo etdi.
Hoziigi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar (shu jumladan horijiy
tadqiqotchilar) dengizning qismlarini saqlab qolish, hamda
uning havzasidagi suv iste’m olini tartibga solish orqali
negativ oqibatlarini kamaytirish usullari b o ‘yicha qidiruv
ishlari olib bormoqdalar.
Suv balansining zam onaviy tahlili Orol dengizining
qurishining asosiy sababi daryo oqimining o ‘zgarishi, bug‘-
lanish va yog‘in miqdorining kamayishi ekanligini ko‘rsatdi.
Bunda O rolning qurishiga faqatgina antropogen ta ’sirlar
em as, balki iqlim ning o ‘zgarishi ham sabab b o ‘ladi. Shu
bilan bir vaqtda dengizning yo‘qolishi, o ‘z navbatida, katta
g eo g rafik m in ta q a d a g i iq lim g a , a v v a la m b o r havo
haroratining va yog‘inlam ing tarqalishini o ‘zgarishga, bu
esa Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan ta ’minlovchi m uz-
liklar rejimining buzilishiga olib keldi.
Orol dengizining m aydoni va hajm ining kam ayishi
joyning issiqlik sig‘im ini o ‘zgartirdi, bu esa q o ‘shim cha
issiqlik m anbalari hosil bo ‘lishiga olib keldi va atmosfera-
ning anomal harakatlariga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyoda
kuzatilayotgan iqlim o ‘zgarishlarini yuqoridagi holatlar
bilan tushuntirish m um kin.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari quyidagi asosiy
xulosalar qilishga imkon beradi:
1. Yaqin o ‘n yillikda mamlakat qishloq xo‘jaligi huddi
awalgidek qaltis holatga ega bo‘ladi. qurg‘oqchilikning ehti-
mol darajasi aw algi ikki o ‘n yillikdagi darajada saqlanib
qoladi. U m um iy yog‘ingarchilik m iqdorining shimoliy,
markaziy va sharqiy viloyatlarda avvalgi darajada saqlanishi
va bu rayonlarda iqlimning yumshashi m unosabati bilan
xo‘jalik yuritish usullarini o ‘zgartirish: ya'ni bog‘dorchilik
va polizchilik m aydonlarini kengaytirish, kuzgi ekinlar
tajribasini keng qo ‘llash lozim b o ‘ladi.
2. Qishloq xo‘jaligi uchun qor qoplam asining aham i-
yati o ‘zgaradi. Bahorgi ekinlarekishni odatdagidan ertaroq
o ‘tkazish kerak bo ‘ladi. Q or faqatgina yer usti oqimlarga-
gina sarflanmay, tuproqni namlashga ham sarf b o ‘ladi.
3. Markaziy Qozog'istonning chegara mintaqalari-Jez-
qazg‘an, Qarag‘anda va Tuig‘ay viloyatlarida ham qishloq xo‘-
jaligining qaltisligi oshadi, sahrolanish ham oshishi mumkin.
4. Orol dengizi m intaqasida yog‘ingarchilik miqdori-
ning kamayishi davom etadi, bug‘lanish esa oshadi. Shu
sababdan hozirgi vaqtda Orol dengizining qayta tiklanishi
muammodir.
0 ‘zbekiston istiqlol yillarida t o ‘liq yoqilg‘i-energe-
tika mustaqilligiga erishdi, m ashinasozlik sohasini m o-
dernizasiya qilishni am alga oshirdi, avtom obilsozlikni
y o ‘lga q o ‘ydi, o ltin , rux, m is ishlab ch iq arish hajm ini
oshirdi. R espublikaning oziq-ovqat mustaqilligi y o ‘lida
olib borayotgan siyosati qishloq x o ‘ja lik stru k tu rasin i
o ‘zgarti.rishni taqozo etdi. Sug‘oriladigan yerlarning may-
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
doni va paxta xomashyo yetishtirish hajmi muqimlashdi,
yerning m eliorativ holati va sifatini yaxshilash b o ‘yicha
tadbirlar o ‘tkazilyapti. Zaharli kimyoviy m oddalar q o ‘l-
lashni keskin kam aytirish oqibatida ulardan ifloslanish
darajasi ham pasaydi.
Shu bilan bir vaqtda Farg'ona vodiysi va Toshkent vi-
loyatida kimyo sanoati, mashinasozlik va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari korxonalarining k o ‘pligi yer usti va osti
suvlarining holatiga jiddiy ta 's ir o ‘tkazm oqda. Suvni
muhofaza qilish mintaqalarida xo‘jalik faoliyati qoidalarini
mensimaslik, tabiat majmualarini qisman, joylarda esato‘liq
tanazzulga olib bormoqda.
Sanoat ob'ektlari kabi qishloq xo ‘jaligi ham yer usti
suv oqim larini ifloslantiruvchi m anbalar qatoriga kiradi.
Qishloq xo‘jalik yerlaridan tuzlarning, m ineral o ‘g‘itlar-
ning va o ‘sim liklam i kimyoviy m uhofazalash vositalari-
ning sug‘orish va kollektor-drenaj suvlariga oqizilishi ham
havf tug'diradi.
Suv resurslarini ifloslantiruvchi yana bir m anba chor-
vachilik majmualaridir. Chorvachilik ob’ektlarining ko‘pchi-
ligida suvni muhofazalash holati nihoyatda nochor ahvolda.
B iror-bir zararsizlantiruvchi usul bo ‘lm agan holda suyuq
go‘ng oqavasi shimiluvchi turdagi yig‘ilmaga, joy relefiga,
bevosita kollektor-drenaj tarmog‘iga yoki yaqin atrofdagi suv
manbalarigatashlanadi. Chunonchi kollektor-drenaj suvlarini
tashlash ta ’sirida Sirdaryoning yuqori va o ‘rta qismlari va
quyi oqimlaridagi suvning minerallashganligi jiddiy darajada
oshdi va sifati yomonlashdi. Bekobod shahri yonidagi daiyo
o ‘zanidagi suvning minerallashuvi 1990-yilda 1,3 - 1,5 g/1
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
gacha, kuyi qismida Kazalilik shahar atrofida esa 1 ,6 — 1,8
g/1 gacha oshadi. Amudaryoda ham biroz kamroq darajada
bo‘lsa ham shu kabi holat kuzatilmoqda. Bu yerda suvning
yillik o ‘rtacha minerallashuvi yuqori qismida 0,4 - 0,53 g/1
gacha bo‘lsa, quyi qismida 0,97 - 1,04 g/1 gacha.
Sirdaryoning quyi oqimlaridagi suvning dastlabki oqim
shakllanuvchi m intaqasiga nisbatan m inerallashuvi 4
martaga, Amudaryoda esa 3 martaga oshgan. Bu esa suv-
tuz rejimining buzilishiga olib keladi va Orol dengiziga va
Orol atrofiga suv va tuzlarning tushish dinam ikasiga o ‘z
ta ’sirini o ‘tkazdi.
Ekspertlarning baholashi b o ‘yicha o‘rta oqimdagi su-
g‘oriladigan yerlarda 1970-yildan boshlab yiliga 2 million
tonnadan 3 million tonnagachatuz yig‘ilishi m a'lum bo‘ldi
(eng ko‘p darajada- yiliga 3,4 dan 6,1 million tonnagacha
T yum en-A riqning quyi qism ida). A m udaryo havzasi
b o ‘yicha daryoga tashlanuvchi tuzning eng yirik m anbai
Qarshi va Buxoro suv xo'jaligi rayonlaridan tashlanadigan
o ‘rta o ‘ng qirg‘oq ( 0 ‘zbekiston atrofida) hisoblanadi.
K ollektor-drenaj suvlarining asosiy qism ini qayta
ishlatishga asoslangan oqava suvdan foydalanish tiziniining
paydo b o ‘lishi sug‘oriladigan yerlar va suv m anbalariga
bo ‘lgan tuz bosimi o ‘sish jarayonini belgilab beradi. Daiyo
havzalari o ‘rta va quyi oqim larida bu jaravonning negativ
oqibatlari ko‘proq sezilmoqda. Bu holat daryo oqimini mi-
nerallashuvini pasaytirish m uam m osini kechiktirm asdan
yechilishi lozimligini ko‘rsatadi.
Sirdaryo havzasida kollektor-drenaj suvlarining shu
bilan birga tuzlarning eng ko ‘p hajm i Farg‘o n a vodiysi-
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
dagi tashlanishlar hisobiga yuqori oqimda shakllanadi. Bu
yerda tuzning daryoga yillik oqizilishi 15 million tonnani
tashkil etadi.
Orol dengizi mintaqasidagi ekologik tanazzulning bosh
sab ab larid an biri tab iiy resu rslard an foydalanishda
ekstensiv yondoshuvning natijasi o ‘laroq, suv resursla-
rining haddan ortiq ifloslanishi va ularning ozayishi bo‘ldi.
Shunday holatning yuzaga kelishiga olib kelgan yana bir
m uhim sabab, sobiq Ittifoq davrida havzadagi barcha suv
resurslari respublikalar orasida atrof-tabiiy muhitga bo'lishi
m um kin b o ‘lgan negativ ta ’sirlarni hisobga olm ay, halq
xo ‘jaligi majmuasiga maksimal iqtisodiy sam ara keltirish
tamoyili b o ‘yicha taqsimlanganligidir.
Oroi tanazzuli va uning oqibati yashash muhiti va iqlim-
ga bo‘lgan o ‘zining ta ’sir miqyosi bo ‘yicha dunyoda teng-
sizdir va nafaqat shu havza atro f dunyo hamjamiyati dav-
latlarining d iq q at-e’tibori m arkazidagi m uam m o b o ‘!ib
qoldi. Buning natijasida suvdan foydalanish parklarini
tuzishda, suv resurslaridan foydalanish va boshqarishni
rejalashtirishda havzaning barcha davlatlari iqtisodiy soha-
larini suv bilan barqaror ta ’m inlash m aqsadida m a ’lu-
motlar bazasidan birgalikda foydalanish va hamkorlik qilish
masalalari bo ‘yicha m intaqa davlatlari orasida kelushuvga
erishi uchun s'naroit yaratildi.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar-
ning bosh m aqsadi xo ‘jalik yuritishning h a r tom onlam a
o ‘zini oqlagan usuliga va bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Shu
sababdan, mazkur davlatlar uchun birinchi darajali masala
barcha sohalarni m uvozanatlangan va barqaror iqtisodiy
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
aloqalarga o ‘tkazish bo‘lib qoldi. Suv resurslari esa M ar-
kaziy Osiyodagi barcha davlatlar iqtisodining nuihim va
bosh tabiiy tashkil etuvchisidir. Uning noyobligi oqibatida
esa xo‘jalikning ko‘p sohalarining rivojlanishi to ‘xtab
qolishi m um kin va buning natijasida ishlab turgan bozor
mexanizmlariga o ‘tish sekinlashadi.
Shunday qilib, Orol dengizi havzasi suv m uam m osi
yechimi strategiyasini shu davlatlarda shakllanayotgan ij-
timoiy-iqtisodiy va ekologik holatni hisobga olgan holda ishlab
chiqish lozim bo ‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |