Binoning ichki suv tarmog’i tizimidan texnik foydalanish. Suv manbalari haqida tushuncha. Suv ta’ minoti tizimini ishonchli ishlatishni ta’minlash uchun suv bilan ta’minlovchi manbalarni doimo kuzatish va nazoratga olib turish zarur. Kuzatish va nazoratga olish jarayoni yer usti va yer osti manbalari bo’yicha amalga oshiriladi.
Yer usti suv manbalari bo’yicha – suv havzalariga suv sathi, daryolardagi suv oqish yo’nalishi, ko’ndalang sirkulyatsiyaning mavjudligi, nasos harakati, qirg’oqning yuvilishi, oqim yo’nalishining o’zgarishi, muzliklari, ularning erish xarakteri, suv olish xavzalari va suv manbalari bo’yicha suv olish inshootlari holati, quvursimon va shaxtasimon quduqlardagi suvning statik va dinamik sathlarini aniqlash, suvdagi tuz miqdori va suvning sanitariya holatini o’rganish zarur.
Oqova suvlar tizimidan texnik foydalanish. Oqova suvidan foydalanishga bo’lgan talablar va ulardan foydalanish tadbirlari.
Binolardan texnik foydalanilayotganda sanitariya holatini yaxshilashning asosiy faktori – bu, binoni oqova suv (kanalizatsiya) bilan ta’minlanishdir. Chunki oqova suvda ko’plab organik va noorganik iflosliklar, bakteriyalar va inson sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan mikroblar mavjud. Yuqoridagilarni inobatga olib, oqova suvlarni yig’ib binodan va shahardan tashqariga qoridagilarni chiqarib yuborish zarur.
Sanitariya jihozlaridagi nosozlik.
Sanitariya jihozlarining nosozligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarga: ularni ishlatishda, o’rnatishda ya’ni mantaj qilish jarayonida yo’l qo’yilgan xatoliklar kiradi. Bunday nosozliklar cho’yan yoki po’lat sanitar jihozlarning emal qoplamalaridagi siniq yoki po’lat darzlar tarzida bo’ladi.
Isitish tizimidan texnik foydalanish. Markaziy isitish tizimidan foydalanish tadbirlari.
Markaziy issiqlik ta’minoti tizimi qator muhandislik inshootlari va issiqlik ishlab chiqaruvchi uskunalari, issiqlikni ta’minlash, tarqatish va foydalanish jihozlaridan tashkil topadi. Issiqlik ta’minoti o’zaro bir – biri bilan bog’langan elementlardan tashkil topgan.
Turar joy binolarni isitish tizimini ishga tushirish.
Turar joy binolari isitish tizimi turar joy rayoni isitish tizimi ishga tushirilgandan so’ng boshlanadi. Unda shuni e’tiborga olish zarurki, binolarni ishga tushirish ketma – ket amalga oshiriladi. Ya’ni bir vaqtda barcha binolarni ishga tushirib bo’lmaydi.
Ba’zida qish vaqtida ma’lum bir avariya holat bartaraf etilgandan so’ng tizimga suv to’ldirilsa, suvni muzlab qolish holati kuzatiladi.