Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir


Yer uchastkasi huquqini davlat ro’yxatiga olish tartibi



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə2/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
-3kadastr

Yer uchastkasi huquqini davlat ro’yxatiga olish tartibi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlari davlat ro’yxatiga olinishi kerak.


Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish yer uchastkasiga joylashgan yerga amalga oshiriladi.
Davlat ro’yxatiga olish uchun taqdim etilayotgan yer uchastkalari huquqlarining paydo bo’lishi, tugatilishi, o’zga shaxsga o’tishi, huquq turining o’zgarishi haqidagi barcha hujjatlar natarial idora mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan bo’lishi shart.
Natarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlardagi huquqlar yer uchastkasini ro’yxatga olishda qayta tekshirilmaydi. Ushbu hujjatlar orqali vujudga kelgan tortishuvlar, ziddiyatlar sud organlari tomonidan bartaraf etiladi.
Yer uchastkasi huquqlarini davlat ro’yxatiga olish quyidagi hollarda olib boriladi:

  • Amaldagi qonunlar asosida yer uchastkasiga bo’lgan mulk huquqi, oldi – sotdi shartnomasi va boshqa hujjatlar asosida davlat orderi orqali mulk huquqi vujudga kelganda;

  • Yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ijara huquqi berilganda;

  • Tegishli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan berilgan yer qarori asosida yer ushastkasiga egalik yoki foydalanish huquqi vujudga kelganda;

  • Oldi – sotdi, almashish, sovg’a shartnomalari, bino – inshootlarga meros guvohnomasi yoki boshqa hujjatlar asosida egalik yoki foydalanish huquqlari o’zgarganda;

  • Shartnoma yoki sudning hal qiluvchi qaroriga asosan cheklashlar vujudga kelganda.

Yer uchastkasi huquqlarini ro’yxatga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Yer uchastkasi huquqlarining turlariga qarab yuridik va jismoniy shaxslar arizalariga ilova qilib, bir qator hujjatlar taqdim etishlari talab etiladi.
Yer uchastkasi huquqlarining turlariga qarab yuridik va jismoniy shaxslarga bo’linadi.
Yer uchastkasiga bo’lgan huquqlarning vujudga kelishi, bekor qilinishi yoki boshqa shaxsga o’tishi haqidagi hujjatlar ro’yxatiga quyidagilar kiradi:

  1. Yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi.

  2. Yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi.

  3. Yerga egalikning umrbod meros huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi.

  4. Yer uchastkasidan muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqini beruvchi shartnoma.

  5. Yer uchastkasining ijara shartnomasi.

  6. Meros huquqi haqidagi guvohnoma.

  7. O’z vakolati doirasidagi mahalliy hokimiyat organlarining farmoish (qaror) lari.

  8. Sud qarori.

  9. Auktsion yoki tanlovda yer uchastkasini sotib olganligi haqidagi guvohnoma.

  10. Yer uchastkasi bilan birgalikda savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obyektlarini xususiylashtirib olinganligi haqidagi davlat orderi.

  11. O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar foydalanayotgan binolar va ular egallagan yerlarni hamda yer uchastkalarini o’z ixtiyoriga sotib olish haqidagi oldi – sotdi, shuningdek, ko’rsatilgan vakolatxonalarga binolar qurish uchun ajratib berilgan yer uchastkalari shartnomalari.

  12. Chet el yuridik va jismoniy shaxslarning qonunlarda belgilangan tartibda (shaxsiy mulk sifatida sotib olgan) turar joy xonalarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda sotib olish haqida tuzilgan oldi – sotdi shartnomalari.

  13. Umrbod saqlash sharti bilan ajratib berilgan turar – joy binosining oldi – sotdi, almashtirish, sovg’a qilish, bino va inshootlar rentasi shartnomalari.

  14. Yer uchastkasining garov (ipoteka) shartnomasi yoki uning huquqlari.

  15. Mahalliy hokimiyat organlarining yer uchastkalariga bo’lgan egalik yoki foydalanish huquqlarining tugatilishi haqidagi qaror (farmoyish) lari.

  16. Tasdiqlangan tartibda yerlarni tortib olish yoki ajratib berish materiallari.

  17. Belgilangan tartibda tasdiqlangan yer kadastr materiallari.

  18. Kadastr xizmati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yer uchastkasi plan:

  • Yer uchastkasini baholash materiallari;

  • Yer uchastkasining tasdiqlangan kadastr plan.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni hisobga olish maqsadida ro’yxatga olish organi tomonidan arizalarni qayd qilish reestri yuritiladi, unda hujjatlarning kelib chiqishi va holati haqida zarur belgilar qayd etiladi.


Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin