Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir


Binoning muddatdan oldin yemirilishini himoyalash



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə6/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
-3kadastr

Binoning muddatdan oldin yemirilishini himoyalash.

Bino elementlaridan foydalanish jarayonida ularning materiallari doimiy va vaqtinchalik yuklar ta’sirida vujudga keladigan kuchlardan tashqari atrof muhitning tajovuzkor omillari ta’siri ostida bo’lishi natijasida qurilish konstruksiyalari va muhandislik tizimlarining fizik yemirilishi vujudga keladi.


Qurilish konstruksiyalari va muhandislik tizimlari materiallarining atrof – muhit ta’siridan deformatsiyalanishi, uning ishdan chiqishi karroziya deb ataladi, agarda u kimyoviy va elektro – kimyoviy jarayonlar natijasida bo’lsa yoki erroziya deb ataladi, agarda materiallarning ishdan chiqishi havo oqimi, suyuqlik, qattiq changsimon moddalarning mexanik ta’siridan vujudga kelsa.
Bino elementlari materiallarining kimyoviy yemirilishi, atrof – muhitning birgalikdagi tajovuzkor ta’siri natijasida vujudga keladigan konstruksiya va muhandislik tizimlari materiallarining keng qamrovli o’zgarishlari bilan birgalikda vujudga keladi. Elektrokimyoviy yemirilish atrof – muhit gaz holatida, suyuq, qattiq yoki ko’p fazalik bo’lishi mumkin. Ko’p fazalik tajovuzkor muhitga ko’plab misollar keltirish mumkin. Bino poydevori minerallashgan gurunt suvlari bilan kantakda bo’ladi. O’z navbatida bu suvlar sanoat oqovalari bilan ifloslangan bo’ladi. Oqovalar guruntning kovaklarini to’ldiradi va undagi gazlarni eritib yuboradi. Yemirilish jarayoni suyuq tajovuzlar muhitda tez kechadi. Konstruksiyalarning quruq materiallarga nisbatan changsimon qattiq moddalarning tashkil topgan gazli muhit tajovuzkor emas. Biroq material sirti hamda vaqt havo tarkibidagi namlik ta’siri ostida bo’ladi.

Asos, poydevor va uy oldi hududidan tehnik foydalanish.

Binolarning mustahkamligi va ustuvorligi ko’p jihatdan asos va poydevorlarning yuk ko’tarish qobiliyatlariga bog’liq.


Poydevor ostida joylashgan va undan yuklarni qabul qiladigan gurunt qatlami asos deyiladi. Asos poydevordan tushadigan yuklar va o’zining xossalari o’zgarishi ta’sirida cho’kishi mumkin. Cho’kish tekis va notekis bo’lishi mumkin. Asos guruntlari toshloq, yirik donador, qumloq va loysimon bo’lishi mumkin.
Elementlari bir – biri bilan sharnirli bog’langan binolar asosning notekis cho’kishiga chidamli bikr bog’langanlari va aksincha bo’ladi.
Fuqaro binolari alohida olingan ustun va devorlarining poydevori ostidagi asosning cho’kishi shu qismlar o’rtasidagi masofaning 0.002 qismidan oshib ketmasligi kerak.
Poydevorning gorizontal gidroizalatsiya atmostkadan kamida 15sm balandlikda joylashgan bo’lishi kerak.
Bino tsokilini terish uchun sement qorishmasining markasi kamida 50 olinadi.
Yirik namli binolar yerto’la qismi devori (tuproq bilan ko’miladigan qismi) ikki marta issiq bitum surtish bilan gidroizalatsiya qilinadi.
Asos va poydevorlardan texnik foydalanish bino hududini ham qamrab oladi. Bino hududi sathi suv ketadigan quvurlar yoki sel oqova suvlari quvurlari tomon 0.01 qiyalikga ega bo’lishi kerak.
Ayrim hollarda bino atmostkasi va devori o’rtasida yoriq paydo bo’lib qolganligi sababli poydevorlarning cho’kishi yuzaga keladi. Bu yoriqlar bitum yoki asfalt bilan to’ldirilishi lozim.
Suv, oqova suvlar, issiqlik taminoti quvurlariga yaqin joylashgan poydevorlar va yerto’la devorlari nam ta’siridan himoyalangan bo’lishi shart.


Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin