davlat ro’yxatiga olish tizimi.
Bino va inshootlarni davlat ro’yxatiga olish tizimi uch asosiy bo’limdan iborat bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
1 – bo’lim. Bino va inshootlar tavsifi, ushbu ma’lumotlar bino va inshootlarni joylarda o’rganish va kadastr tasvirlov ishlari olib borish natijasida tayyorlanib tahlil qilinadi. To’plangan ma’lumotlarning asosiylari saralanib jamlanadi. To’plangan aniq ma’lumotlar asosida joyning o’zida «Bino va inshootlarni tadqiqot qilish DALOLATNOMASI» tuziladi.
2 – bo’lim. Egalik (xususiy), ya’ni mulk egaligi haqidagi ma’lumotlar, rekvizitlari; rekvizit hujjatlari (egalik huquqini qo’lga kiritgan hujjatlar turi va nomeri); ro’yxatga olish sanasi va boshqalar.
3 – bo’lim. Mulkga egalik huquqini o’g’irlashtiruvchi vaziyatlar haqida va ogohlantirish ma’lumotlari bo’limi. Ushbu bo’limda bino va inshootlarga huquqlari mavjud bo’lgan uchinchi shaxslar haqida axborot beriladi (ijara, hibsga olish, servitut, garov yoki og’irlashtiruvchi vaziyatlar haqida axborot, ogohlantirish, cheklash va boshqalar).
Yuqoridagi tuzilmaviy tarkibda muvofiq ro’yxatga olish jarayonida har bir obyekt uchun alohida kadastr ishi ochiladi va undan yuqorida aytib o’tilgan uchta bosqich bo’yicha quyidagi mazmunda ma’lumotlar jamlanadi.
Ko’chmas mulk (bino, inshoot) larning tehnik, iqtisodiy va huquqiy tavsiflari;
Ko’chmas mulk egaliklari haqida zaruriy ma’lumotlar.
Bino inshootlarni davlat ro’yxatiga olishning asosiy prinsiplari (tamoillari).
Bino va inshootlarning davlat ro’yxatini olib borish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
Shubhasizlik prinsipi.
Mulk huquqlarini davlat ro’yxatiga olish tizimining asosiy maqsadi, bu mulk egasi huquqlariga shubha, ishonchsizlik uyg’otmaydigan huquqlar bekor qilinmaydi, o’zgartirilmaydi.
Voqif bo’lishni o’zgartirish prinsipi.
Agar huquq davlat tomonidan ro’yxatga olinmagan bo’lsa, demak, u mavjud emas. Har qanday ko’chmas mulk egasi faqat o’ziga tegishli bo’lgan ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi axborotlardan voqif etilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |