Bino orayopmalari va to’shamalariga texnik xizmat ko’rsatish. Orayopma o’ziga tushayotgan doimiy va vaqtinchalik foydali yuklarni qabul qilib, binoning bikrligini ta’minlovchi gorizontal bikrlik diafragmasi vazifasini bajaradi.
Konstruksiyalari bo’yicha orayopmalar to’sinli orayopma, yirik o’lchamli va yaxlit turlarga bo’linadi.
Foydalanish jarayonining buzilishida yog’och orayopmalar hamda metall to’sinlarga yog’ochdan yotqizilgan orayopmalar o’ta sezgir bo’ladi va ularning chidamlilik muddati oz bo’ladi.
G’isht devorlarga mindirilgan yog’och va metall to’sinlar uchun gidroizalatsiyaning buzilishi yog’och to’sinlarining chirishiga, metall to’sinlarning esa yemirilishiga sabab bo’ladi.
Gidroizalatsiya materiallari vaqt o’tishi bilan o’zining izolatsiya holatlarini yo’qotib boradi. Shuning uchun navbatdagi ta’mirlash jarayonida ularning foydalanish sifatlari tiklanish lozim.
Yirik plitalardan tashkil topgan orayopmalar va tom yopmalari nam muhit ta’siriga o’ta ustuvor hisoblanadi, biroq namlik muhitining o’zgarib turishi ularning sirtida yoriqlarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Tajovuzkor muhit esa armaturaning yemirilishiga olib keladi.
Orayopmalar va pollardan foydalanishning asosiy masalasi - xonaning namlik rejimini ta’minlash, sanitar – texnik sistemalarning buzilmasdan ishlashi, ayniqsa, orayopmalarga to’g’ridan – to’g’ri tegib turgan elementlarning buzilmasdan ishlashi, tegib turgan joylarning gidro va issiqlik izalatsiyalarini ta’mirlashdir.
Sanitariya tugunlarining orayopmalari suv taminoti tizimlaridan suvning toshishi hamda bu xonalarda sentelatsiyaning buzilishi natijasida bug’larning kondensatsiyalanishi va harajat – namlik rejimining buzilishi oqibatida o’ta namlanishi mumkin.
Parket pollari taxta asos ustiga yotqizilganda ularning shamollatish holati nazorat qilib borilishi lozim. Parket pollarini yuvish va kuchli namlash mumkin emas. O’ta namlanishni oldini olish uchun uning ustiga lak surtiladi, yoki doimiy ravishda mastika bilan ishlov berib turiladi. Bitum mastikasi bilan yopishtirilgan parket pollarini skipidair mastikasi bilan artish mumkin emas, chunki u bitumni eritib yuboradi va buning natijasida pol qora rangga bulg’anib qoladi. Linoleum pollarni sodali va ishqorli qaynoq suv bilan yuvish mumkin emas, chunki u linoleumni sinuvchan qilib qo’yadi. Linoleum pollari vaqti – vaqti bilan vosk yoki mastika bilan ajratib turish lozim. Linoleum pollar ko’chib ketganda, ular olinadi va o’zi hamda asosi quritiladi. So’ng asos batafsil tozalanadi va unga linoleum yotqiziladi.