Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondashishdir



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə5/17
tarix14.12.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#180048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
-3kadastr

Kompensatsiyalash prinsipi.
Ro’yxatga oluvchi aybi bilan organ tomonidan shaxsning ko’chmas mulkga bo’lgan huquqlaridan maxrum qilinsa yoki huquqlariga zarar keltirilsa, zarar keltirilgan shaxs tomonidan kompensatsiya to’lanadi.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi «Jinoyat kodeksi» ning 985 «Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari» - moddasining birinchi qismida, jumladan, quyidagicha ta’rif berilgan: «G’ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol – mulkiga keltirilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zararni yetkazgan shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim …».
Viloyat, tuman va shaharlarda faoliyat ko’rsatayotgan ro’yxatga olish organlari xizmati va tuman yer resurslari bo’limlari fuqarolardan ro’yxatga olish tizimiga tushayotgan talabnomalarning tizimini yuritadi.
Bino va inshootlar va boshqa
xususiy mulklarga bo’lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

Ko’chmas mulk huquqlari va u bilan olib boriladigan bitimlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi, ro’yxatga olish ishlari yakunlangandan so’ng ular buyurtmachiga qaytarib beriladi.


Bino va inshootlarga hamda boshqa xususiy mulklarga bo’lgan huquqlarning paydo bo’lishi, boshqa shaxsga o’tishi, chegaralanishi va tugatilishini tasdiqlovchi asosiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Izoh: Amalda foyadalanayotgan va ish yuritayotgan korxona balansiga kiritilgan bino va inshootning bahosi yoki uni qayta tiklash yoki qayta tamirlash harajatlari bino va inshootlarga egalik huquqini tasdiqlash uchun asos bo’la olmaydi.
Bino va inshoot hamda boshqa mulkiy huquqlarning vujudga kelishi, paydo bo’lishi, boshqa shaxsga o’tishi, cheklanishi va to’xtatilishiga oid hujjatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari darajasida bo’lishi shart.


Umumiy egalikdagi yoki foydalanishdagi bino va inshootlarni rasmiylashtirish tartibi.

Umumiy foydalanishdagi bino va inshootlarni alohida egaliklarga bo’lish tomonlarning roziligi yoki sud qarori hamda «O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi» ning 223 va 226 – moddalaridagi tartiblar asosida amalga oshiriladi.


Umumiy foydalanishdagi bino va inshootlarni huquqiy hujjatlari mavjud bo’lgan qo’ni – qo’shnilarning yozma roziligi bilan, agar alohida qismga ajratish imkoni bo’lsa, alohida kirib – chiqish yo’li bilan mustaqil yer uchastkalariga ajratib olish mumkin. Bino va inshootlarni bo’lishni rasmiylashtirish uchun fuqarolar tuman, shahar hokimiyatiga ariza bilan murojat etadi. Arizaga ilova qilib mulk egaligidagi barcha mulkdorlarning roziligi va ularning mana shu mulkga ulushlari ko’rsatib qo’yiladi. Hokimning topshirig’iga asosan ro’yxatga olish organi bino va inshootni bo’lish haqida material to’playdi va o’z xulosasini bildiradi. Xulosada ro’yxatga olish organi umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi, unda joylashgan bino va inshootlarni bo’lish chegaralari tushurilgan, tuman yoki shahar bosh me’mori, yong’indan saqlash va sanitar xizmati inspeksiyasi roziligi bilan tasdiqlangan sxemani ilova qiladi hamda tuman yoki shahar hokimiyatiga umumiy foydalanishdagi bino va inshootlarni bo’lish imkoniyati haqidagi o’z xulosasini taqdim etadi.
Quyida umumiy foydalanishdagi «Bino va inshootlarga egalikni tadqiq qilish dalolatnomasi» ni hamda «Bino va inshootni bo’lish imkoni xaqida xulosa» ni tuzish uchun tavsiya etilgan shakllar berilgan.


Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin