UMID NIHOLARI SPORT O’YINLARIDA FUDBOLNING TUTGAN O’RNI VA AXAMIYATI
Bosh hakam yordamchilari va ularning majburiyatlari Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga bog’liq ) signal (ishora) berish kiradi:
- qachonki to’p maydon chizig’idan tashqariga to’liq chiqsa.
- qaysi jamoa burchak to’pi, darvozadan zarba, to’p tashlash xuquqiga ega.
- qachon o’yinchi o’yindan tashqari xolatda bo’lganligi uchun jazolanadi.
- qachonki o’yinchi almashtirish to’g’risida iltimos bulsa.
- hakam ko’rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki boshqa har qanday xolatlar bo’yicha.
- qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan ko’ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bo’lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)
- shunday hollarda ya’ni qachonki 11 metr jarima to’pi bajarilayotganda darvozabon to’pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, to’p esa chiziqni kesib o’tsa.
Yordamchilar hakamga matchni o’yin qoidasiga mos o’tkazilishiga yordam beradilar. Ular 9,15m masofasiga rioya qilishiga yordam berish uchun maydon doirasiga kirish mumkin .
Hakam o’z yordamchisini asoslanmagan aralashuv yoki qupol muomala uchun holatlarida vazifasidan ozod qiladi va tegishli tashkilotga bildirishnoma beradi.
O’yin vaqti - O’yin 45 minutdan 2 taym davom etadi (agar hakam va ikki jamoa vakillari boshqa variantni kelishmagan bo’lsa). Har qanday o’yin vaqtini o’zgartirish to’g’risidagi kelishuvga (masalan yorug’likni etishmasligi sabab-li har qaysi taymning 40 minutgacha qisqartirilishi) o’yin boshlangunga qadar erishilgan bo’lishi kerak va bu holat musobaka talablariga javob berishi kerak.
Taymlar oralig’idagi tanaffus - O’yinchilar 2 taym oralig’ida tanaffus olishlariga xaqlari bor. Taym oralig’idagi tanafus 15 minutdan oshmasligi kerak. Musobaqa tartibida taymlar oralig’idagi tanafus vaqti ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Taymlar orasidagi tanaffusning davomiyligi faqat hakamning roziligi bilan o’zgartirilishi mumkin.
Qushib berilgan vaqt - Quydagi holatlarga ketgan vaqt ikki taymning har qaysisiga qo’shib beriladi.
- o’yinchilarni almashtirishga.
- o’yinchining jaroxatini jiddiyligini aniqlashga.
- jaroxatlangan o’yinchilarga tibbiy yordam ko’rsatish uchun ularni maydon tashqarisiga olib chiqishga.
- qasddan o’yin vaqtini chuzish
-boshqa har qanday xolatlarda. Qo’shib berilgan vaqtning davomiyligini faqat hakam aniqlaydi.
11- metrlik to’p tepish qoidasi - Har qaysi ikki taymning asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida yoki qo’shib berilgan vaqtning oxirgi daqiqasida belgilangan 11 metrlik jarima to’pi uchun aloxida vaqt ajratiladi.
Oxirigacha o’ynalmagan match - Agar musobaqa nizomida boshqacha holatlar bo’lmasa oxirigacha o’ynalma-gan match qayta o’ynaladi. O’yin boshlanishi va yangilanishi - Match boshlanishidan oldin qur’a tashlash o’tkaziladi va jamoalardan biri darvozani tanlash huquqini oladi. Qarshi jamoa matchda boshlang’ich zarbani bajaradi. Qur’a tashlash tufayli darvozani tanlagan jamoa, ikkinchi taymda boshlang’ich zarbani bajaradi. Matchni ikkinchi taymida jamoalar darvoza almashadilar.
Boshlang’ich zarba - Boshlang’ich zarba bu o’yinni boshlash yoki o’yinni yangilash uchun qo’llani-ladigan usuldir: match boshida; urilgan goldan so’ng; ikkinchi taym boshida.
Boshlang’ich zarbani bajarish holatlari - O’yin boshlangunga qadar barcha o’yinchilar o’z maydonida bo’lalari. Bosh-lang’ich zarbani bajarish xuquqini qo’lga kirita olmagan jamoa o’yinchilari to’p o’yinga kiritilmaguncha to’pdan 9,15m masofa uzoqlikda turadilar. To’p harakatsiz xolatda maydon markazida bo’lganda hakam signal beradi.