taurin bilan birikib, tauraxolat kislotalarini hosil qiladi. Hazm jarayonlarining ko‘pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog‘liq. Jumladan, o ‘t kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog‘laming yuza tarangligini 186
pasaytirib, y og ‘lami emulsiyalanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog‘ donachalari bir-biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu kislotalar lipaza va kamroq darajada bo‘lsa ham amolitik va proteolitik fermentlami faollashtiradi, ichak motorikasini tezlashtiradi. 0 ‘t kislotalari, yog‘ va y o g‘ kislotalarining ichaklar devori orqali limfa va qonga so‘rilishida katta ahamiyatga egadir. Chunki yog‘ kislotalari faqat o ‘t kislotalari bilan birikib, suvda eriydigan kompleks birikmalar hosil qilganidan keyingina so ‘riladigan holga keladi. 0 ‘t pigmentlari ikki xil bo‘ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil bo‘ladigan biliverdin. Bu pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan hosil boladigan mahsu- lotdir. Bu pigmentlar o ‘t suyuqligiga oziga xos rangni beradi. Jumladan, bilirubin o ‘tga sariq tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. 0 ‘t suyuqligida pigmentlaming ko‘proq bo‘lishiga qarab turli hayvonlar o ‘tining rangi o ‘zaro tafovut qilinadi. 0 ‘txo‘r hayvonlar otining rangi qoramtir yashil bo‘lsa, etxur hayvonlar otining rangi qizg‘ish sariqdir. Chunki o ‘txo‘r hayvonlarning o ‘tida biliverdin doimo bir muncha ko‘p bo‘ladi. 0 ‘tning nospetsifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, erkin va sovinlashgan y og ‘lar, oqsillaming parchalanishi