tufayli hosil bo‘lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. Hayvon ovqat emay turgan paytda o ‘t yolining o ‘n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfmkter yopiq bo‘lganligi sababli o ‘t suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o ‘t, o ‘t pufagida va keng diametrli o ‘t y o ‘llarida to‘planib qoladi. Qishloq x o ‘jalik hayvonlarining ko‘pchiligida o ‘t-safro pufagi bo‘lmaganligi sababli (ot, tuya, bug‘i) odatda jigar va pufak o ‘t-safrolari farqlanadi. Jigar o ‘ti-sa£ro o ‘txur hayvonlarda qoramtir-yashil rangda L. Isa, go ‘shtxo‘rlarda qizg‘ich-sariq rangda bo‘ladi va uning zichligi 1,009-1,013 ni tashkil etib uning tarkibida qattiq moddalar 1-5% miqdorda bo‘lib pH- 7,5 ga tengdir. Pufakda o ‘t tarkibidagi suvning so ‘rilishi tufayli u quyuqlashadi va uning rangi qorayadi. Pufak o'tining tarkibida 9-20% qattiq modda bo‘lib, zichligi 1,026-1,048 teng va pH-6,6 ni tashkil etadi. Uning tarkibida o ‘t pufagi shilliq pardasida mavjud bo‘lgan qadoqsimon bezlar sekreti- shilimshiq modda aralashgan boiadi. Qishloq x o ‘jalik hayvonlarida o ‘t doimo ajraladi. Lekin bir xil miqdorda emas. Odatda o ‘t oziqlantirilgandan keyin ko‘p ajralsa, kechasi va ochlik paytida kam ajraladi. Qo‘y va echkilarda bir kecha-kunduzda 1,0-1,5 L o ‘t ajralsa, yirik shoxli 187
hayvonlarda 7,0-9,5 L, cho‘chqada 2,4-3,8 L va otda 6,0-7,2 L ajraladi. Ajralayotgan o ‘tning umumiy miqdori iste’mol qilinadigan ozuqaning sifati va oziqlantirish tartibiga b o g iiq boiadi. Qishloq ho‘jalik hayvonlarining o ‘t chiqarishi bir tekisda bo‘lmasada