SIYDIKNING TARKIBI VA FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI Siydikni tarkibi.
96% suv,
4% quruq moddadan iborat. Quruq
moddasi organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Siydik organik
moddalarining asosiy qismini oqsillaming parchalanishi natijasida hosil
bo'lgan chiqindi moddalar-mochevma (siydikchil), siydik kislota, purin
asoslari (guanin, adenin, gipoksantin, ksantin) kreatin tashkil qiladi.
Siydikdagi azotning 90%ga yaqin qismi mochevina azotiga to‘g‘ri keladi.
Shu azotli moddalardan tashqari ichaklarda oqsillaming chirishi oqibatida
hosil bo‘lgan indol, skatol, fenol, krezol kabi moddalar ham siydikda
bo‘ladi. Bu moddalar ichaklarda hosil bo‘lishi bilan qonga so‘rilib, jigarga
keladi va u yerda sulfat kislota bilan birikib zararsizlantiriladi. Shu sababli
ular siydik tarkibida indoksil-sulfat (indikan), skatoksil-sulfat, oksifenil-
atsetat va oksifenil-propionat kislotalar shaklida uchraydi. Siydikda o ‘t
pigmentlaridan ichakda hosil bo‘ladigan uroxrom va urobilin, shuningdek,
buyrakda sintezlanadigan gippur kislota ham bo‘ladi.
270
Siydikining tarkibi.
21 -J adval
Moddalar Plazmadagi miqdori (foiz hisobida) Siydikdagi miqdori (foiz hisobida) Shu modda plazmadagiga qaraganda siydikda necha / baravar k o‘p b o‘ladi Suv 90-93 93-95 Bir xil miqdorda Oqsillar 7-9 -
-
Qand 0,1 -
-
Mochevina 0,03 2 70 baravar Siydik kislota 0,002 0,05 25 baravar N a