siydikni ichki siydik yo‘llari orqali qovuqqa (siydik pufagiga) haydaydi.
Siydikning ichki siydik yoilari bo‘ylab harakatlanishiga, ularda
kuzatiladigan chuvalchangsimon-peristaltik harakatlar bir muncha qulaylik
tug'diradi. Ichki siydik yo‘llarining bunday to‘lqinsimon
harakati ularga
buyrak jomidan siydik chiqarilish bilan boshlanadi va har minutda 1-5
martadan takrorlanib turadi hamda 20-30mm/sek. tezlik bilan tarqaladi.
Shunday qilib belgili muddat davomida buyrak jomidan keladigan siydik,
ma’lum vaqtdan keyin qovuqni to‘lg‘azadi. Qovuq siydikka to‘lishi bilan
vaqt-vaqtida tashqariga chiqarib turiladi. Qovuq toiayotganda undan
siydikning tashqariga oqib tushishiga va ichki siydik yo‘llaridan qaytib
chiqishiga sfinkterlar y o i qo‘ymaydi. Jumladan, qovuqdan siydik
chiqarish kanali boshlanadigan joyda muskulli halqa-qovuq sfinkteri bor.
Undan sal pastroqda esa, siydik chiqarish kanali sfinkteri joylashgan.
Qovuq to‘layotganda bu sfinkterlar yopiq boiadi.
Shu bilan siydikning
tashqariga chiqarilmasligi ta’minlanadi. Ichki siydik yoilarining qovuqqa
quyiladigan joyidagi teshigida shilliq parda buramasi bor. Shunga ko‘ra
siydik qovuqdan, hatto u qisqarayotganda ham ichki siydik yoilariga
qaytib chiqa olmaydi. Qovuq devori doimo bir me’yorda tonik holda
qo‘zg‘algan boiadi. Shu sababli u doimo tarang holda turadi. Ammo
uning tonusi buyrakdan kelayotgan siydik miqdoriga mutanosib ravishda
bo‘shashib boradi, shu tufayli, u yangi-yangi
siydik porsiyalarini
sig‘diraveradi. Qovuq siydikka toigan sari siyishga, siydikni tashqariga
chiqarishga ehtiyoj tugiladi. Oqibatda siygi qistaydi. Siydikning
qovuqdan tashqariga chiqarilishi uchun qovuq devori qisqarishi va shu
vaqtda qovuq hamda kanal sfinkterlari bo‘shashuvi kerak. Bu vaqtda
siydik, siydik chiqaruv kanaliga haydaladi va tashqariga chiqariladi. Siyish
tugashi
bilanoq sfinkterlar bekiladi, qovuq esa tonusi kamayib, kengaya
boshlaydi. Oqibatda yangi porsiya siydik qabul qilish uchun tayyor
boiadi. Siydik chiqarilishi reflektor aktdir. Qovuq sfinkterlar faoliyati
simpatik va parasimpatik nerv tolalari yordamida boshqariladi. Simpatik
nerv qo‘zg‘alganda qovuq kengayadi, sfinkterlar mahkam yopiladi. Bu
vaqtda siydikning qovuqda yigilishi uchun sharoit tugiladi.
Parasimpatik
nerv tolasi qo‘zg‘alganda esa qovuq tonusi oshadi, oqibatda u qisqaradi,
sfinkterlar bo‘shashib, ochiladi. Natijada siydikning chiqarilishi uchun
imkoniyat yaratiladi. Siydik chiqarilishini boshqaradigan markaz orqa
miyaning bel-dumg‘oza sohasida joylashgan. Siydik chiqarish refleksi
quyidagicha sodir boiadi: qovuq toiganidan keyin devorlaridagi
retseptorlar qo‘zg‘aladi. Hosil boigan
impulslar siydik chiqarish
markaziga uzatiladi, oqibatda markaz qo‘zg‘aladi. Javob reaksiyasi
274
parasimpatik nerv tolasi orqali qovuqqa beriladi va qovuq qisqarib.
sfmkterlar bo‘shashadi, shunda siydik tashqariga chiqariladi. Siydik
chiqarilishini boshqaradigan orqa miyadagi markaz uzunchoq miya, o‘rta
miya va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i nazorati ostida ishlaydi. Bu
siydikni to‘xtatib turish yoki kuchaytirish, ya’ni ixtiyor, xohishga qarab
siyish bilan namoyon boiadi.
Diurezning miqdori bir qator omillarga qarab o‘zgarib turadi. Diurez
miqdoriga ichilgan suv yohud
boshqa suyuqliklarning miqdori, iste’mol
qilingan ozuqalaming xili va tarkibi, organizmning holati, iqlim, sutkaning
davri, hayvonlarning turi va boshqa bir qator omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Organizm kunduzi kechasiga nisbatan ancha faol bo‘ladi. Shu sababli,
moddalar almashinuvi kunduzi bir muncha tez kechadi, natijada kunduzi
ajratadigan siydik miqdori ham kechasidagiga qaraganda bir muncha ko‘p
boiadi. Suv ko‘p ichilganida yoki sersuv oziqalar ortiqcha iste’mol
qilinganda ham diurez miqdori ortadi. Aksincha, hayvon ko‘p terlasa
(og‘ir jismoniy ish bajarganda) diurez bir muncha kamayadi. 0 ‘z-o‘zidan
ma’lumki, ajraladigan siydik miqdori siydik hosil bo‘lish
darajasiga
bogiiq. Siydik hosil boiishiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu
omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: buyrak faoliyatiga bevosita ta’sir
qiladigan real omillar va boshqa organlar orqali unga ta’sir qiladigan
ekstrarenal omillar. Bu omillaming bir qismi filtratsiyaga, bir qismi esa
reabsorbtsiyaga ta’sir ko‘rsatadi. Filtratsiyaga ta’sir ko‘rsatadigan real
omillar faol koptokchalar miqdori, ulaming kapillyarlardagi qon bosimi,
kapsuladagi bosim, koptokcha kapillyarlari va kapsula devorining
o‘tkazuvchanligi
kiradi.
Plazma
onkotik
bosimi,
to‘qimalaming
gidratatsiya darajasi, qon aylanish tizimi va ter bezlarining faollik darajasi
filtratsiyaga ta’sir ko‘rsatadigan ekstrareal omillar hisoblanadi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: