QO‘SHIMCHA AYIRUV ORGANLARI
Odam va odamsimon maymunlar teri va o ‘pka orqali qabul qilingan
suvni 60%gacha ajratishi mumkin. Ich ketish paytida organizmdan suvni
chiqarishda ichaklar ham jiddiy rol o‘ynaydi. Organizm uchun umumiy
suvning 10-11% ini yo‘qotish, uning hayoti uchun juda havflidir. Siydik va
ter tarkibida suv ajralishining kamayishi organizmda suvdan samarali
foydalanishning muhim omillaridan biridir.
Organizmdan almashinuv mahsulotlarini va tuzlami ajratilishida
buyraklar bilan ter bezlari orasida funksional uzviylik mavjud. Odamlar
organizmdagi qo‘shimcha ayiruv organlarining faoliyati - ter bezlari,
275
ovqat hazm kanallarining ekskretorlik funksiyasi, moddalar almashinuvi
ortganda va buyraklar funksiyasi buzilganda tezlashadi.
ODAMLAR VA HAYVONLAR TERISINING
EKSKRETORLIK FUNKSIYALARI
Ter va yog' bezlari - terining ekskretor organlari hisoblanadi.
Odamlarda ter bezlarining miqdori 2,5 mln.ga yaqin, ular, yuz, kaft,
tovonlar va qoitiq osti chuqurliklarida katta miqdorda joylashgan.
Ter bilan katta miqdorda suv va moddalar almashinuvining oxirgi
mahsulotlari ajralganligi sababli, ter ajralishi, buyraklar ishini ancha
yengillashtiradi. Ammo siydik ajralishi bilan ter ajralishi orasida bir-
biridan spesifik farq mavjud. Bo‘yraklar orqali ajraladigan qator moddalar,
ter bezlari bilan ajralmaydi. Qondan suv va tuzlarning chiqarilishi tufayli
ter ajralishi osmotik bosim darajasining doimiyligini ta’minlydi.
Odam organizmida turli xildagi aniq va sezilmaydigan ter ajralishlari
farqlanadi.
Sezilmaydigan ter ajralishi tinimsiz bajariladi, bu paytda teri
yuzasidan ajralgan ter birdaniga bug‘lanib ketadi. Aksincha, ter jadal va
ko‘p ajralsa, u teri yuzasida tomchi shaklida jamlanadi (aniq-sezilarli ter
ajralishi). Yangi tug‘ilgan bolalar 4 oylik boiguniga qadar ter bezlardan
ter ajralishi kuchsiz namoyon bo‘ladi, sezilmaydigan ter ajralishi esa
hayotning dastlabki oylarida kuchliroq namoyon boiadi, ammo bo‘yning
o‘sishi va tananing kattalashishi natijasida kamaya boradi.
A.Yu.Yunusov ma’lumotlariga ko‘ra yosh ulg‘ayishi tufayli
organizmning turli qismlarida ter ajralishi ortadi. Q oitiq osti chuqurligida
teming ajralishi jinsiy yetilganida yuzaga keladi, bundan tashqari
ulg‘aygan odamlar tanasining turli qismlarida ter ajralishi bir xil emas.
Boshning soch bilan qoplangan qismi, qoitiq chuquri, kaft va tovonlar
yuzasi va jinsiy organlar atrofi kuchli terlaydi.
Ter ajralishi bu qondan suv va tuzlarning filtrlanishi emas, balki bu
haqiqiy sekretsiya ekanligi ter ajratuvchi bezlar tabiatan alohida o‘zi
faoliyat ko‘rsatuvchi organlar tizimi ekanligi aniqlangan.
Ter ajralishinining boshqarilishi bosh miya katta yarim sharlari
oraliq, uzunchoq va orqa miyalardagi markazlar orqali nazorat qilinadi.
Ruhiy qo‘zg‘alishlar va ayrim ehtiroslar - qo‘rquv, g‘azablanishlar
natijasida odamlardan «sovuq ter» chiqadi, ya’ni ter ajralishi bilan bir
vaqtda terilar torayadi va terining qon bilan ta’minlanishi kamayadi, teri
sovqatadi shu sababli sovuqqa qotish sezgisi seziladi.
276
Ter bezlarining simpatik sekretor nervlar, parasimpatik omimitik
zaharlar ta’sirida qo‘zg‘aladi. Pilokarpin ter ajralishini kuchaytirsa, atropin
esa uni to‘xtadi.
Adrenalin va simpatin faqatgina odamlarda ter ajralishini
qo‘zg‘atmaydi emas, balki ajralayotgan terni ham tormozlaydi.
Orqa miyadan yuqorida - uzunchoq va oraliq miyalarda ham ter
ajralishi markazlari joylashgan, ulaming ustidan nazorat qiluvchi oliy
markazlar bo‘lib, bu markazlar katta yarim sharlarning oldingi boiimida
joylashgan. Toychoqlarning katta yarim sharlarini oldingi bo‘limlari
qo‘zg‘atilganda ularda kuchli ter ajralishi kuzatilgan.
Ter ajralish markazlari reflektor ravishda qonning kimyoviy tarkibi
bilan qo‘zg‘atiladi. Bizning nazarimizda ter ajralishining asosiy
qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib qon tarkibidagi korbanat angidridning miqtori va
uning harakatini ko‘tarilishi bo‘lsa kerak. Yengil nafas qisishi va qonning
isishi ter ajralishini chaqiradi. Hattoki bir qo‘l bilan tana terisini bir
qismini isitish tufayli o‘sha joyda mahalliy hamda butun tanada ham ter
ajralishini qo‘zg‘atish mumkin. Bu esa ter ajratuvchi reflekslardan o‘sha
qo‘l qo‘yilgan teridagi issiqlik qabul qiluvchi reseptorlami innervasiya
qiluvchi orqa miya segmentida hosil boigan qo‘zg‘alish, orqa miyaning
boshqa segmentlariga ham tarqalishini ko‘rsatadi.
Teming miqdori va tarkibi. Mo‘4adil holatda odamlarda bir kecha -
kunduzda 1 litrga yaqin (500-900 ml) ter ajraladi. Yozning jazirama
issiqlarida teming miqdori 2-3 litrgacha yetadi va o‘zaro mos holda
siydikning miqdori kamayadi. Jismoniy ish bajargan paytda ajralayotgan
terning
miqdori ortadi, organizmni hammomda yoki quruq havo
vannalarida qizdirganda 1,5-2 soat ichida uning miqdori 2-2,5 litrgacha
yetishi mumkin. Issiq sharoitda og‘ir jismoniy ish bajarganda bir kecha-
kunduzda 15 litrgacha ter ajraladi, odam qancha ko‘p suv ichsa u shuncha
ko'p terlaydi.
Teming zichligi 1,002-1,010 boiib tarkibidagi quruq moddalaming
miqdori 0,5-2,5% ni tashkil etadi.
Teming tarkibi asosan moddalar almashinuvining jadalligiga va
bo‘yraklarning fuksional xususiyatlariga bogiiq boiadi.
Teming neorganik qismi 0,4-l%ni tashkil etadi, ularga NaCl, KC1,
fosfatlarni, sulfatlarni va unchalik katta boimagan miqdordagi tuzlar
kiradi. Mochevena, siydik kislotasi, ammiak, kreatinin, gippur kislotasi va
boshqalar terning organik qismini tashkil etadi. Otning teri mochevina
saqlamaydi, lekin oqsil borligi aniqlangan.
277
Terining katta o‘lchamdagi yuzasini lak bilan yopib, ter ajralishni
to‘xtatish natijasida kuchli zaharlanish hodisasi kuzatiladi, ayrim hollarda
bu holat o‘lim bilan tugashi mumkin.
Shoxli hayvonlarda ter ajralishi termoregulyasiya uchun jiddiy
ahamiyatga ega emas, lekin issiq iqlim sharoitda u ortadi. Odamlarda bir
kecha-kunduzda 2 litrdan ortiq ter ajraladi.
Yog‘ bezlari. Yog‘ bezlaridan teri yog‘i ishlab chiqariladi, ular
golokrinli bezlar qatoriga kiradi, chunki ularning sekreti qayta sekretor
hujayralami yemiradi.
Teri yog‘i odatda, turli konsentratsiyadagi moy tomchilaridan, moy
tomchilari yopishgan bez hujayralarining yemirilgan bo‘lakchalaridan,
yuqori spirtli erkin yog‘ kislotalaridan, juda kam miqdorda xolesterin
kristallari va uning esterlaridan hamda teri epidermiyasining qurigan
epitelial hujayralaridan iborat. Teri moy ajratgan paytda suyuq boiib teri
yuzasida juda tez quyuqlashadi. Yog‘ bezlari joylashgan joyiga qarab teri
moyining tarkibi o‘zgaradi, u terini yumshatadi va soch hamda jun
tolalarini moylab turadi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 20 g teri moyi
ajraladi (uglevodlar bilan juda ko‘p oziqlanganda va yilning issiq oylarida
uning miqdori ortadi).
Yog‘ bezlarining funksiyasi simpatik nervlar bilan boshqariladi.
Odamlar terisidagi yog‘simon moddalar shox qatlami hujayralarining
parchalanishi hisobiga hosil boiadi. Yog‘ bezlarining past nuqtali
eruvchan sekretor yogiaridan farqi shox qatlam yogiari ancha yuqori
erish nuqtasiga egadirlar va katta miqdorda xolesterin va uning hosilalarini
saqlaydi.
Teri moyining sekretsiyasi hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega,
ayniqsa terini qurishdan va jun qoplamiga suvni kirishidan saqlashda juda
ahamiyatlidir. Suvda suzuvchi parrandalaming patlarini moylovchi
dumg‘oza bezi sekreti deyarli suv o‘tishini yo‘qqa chiqaradi. Qo‘y va
echkilarning yog‘-ter aralashmasi junni yumshatadi va mustahkam qiladi,
jun tolalarini bir-biriga yopishishini ta’minlydi, bu esa uni nam o‘tishidan
saqlaydi, chigallashib ketishini oldini oladi va nihoyat runonning to‘g‘ri
saqlanishini saqlab qoladi. Qo‘y va echkilar (angor echkilarida)ning ter va
yog‘ bezlari
tinimsiz sekret ajratadi, uning miqdori esa mayin junli
qo‘ylarda dag‘al junli qo‘ylarga nisbatan ancha ko‘p boiadi.
Dostları ilə paylaş: |