А
S
34-rasm. A-buyrakning umumiy tuzilishi; B-buyrak to'qimasinmg bir necha marta
katta qilib ko‘rsatilgan qismi. 1-Shumlyanskiy kapsulasi; 2-birinchi (birlamchi)
burama kanalcha; 3-G enle qovuzlog'i; 4—ikkinchi (ikkilamchi) burama kanalcha.
Birinchi faza - filtratsiya fazasida koptokcha kapillyarlaridan
oqayotgan qon plazmasida erigan moddalar Shumlyanskiy-Boumen
kapsulasiga shimilib, filtrlanib o‘tadi. Kapillyarlar endoteliyasi (devori) va
kapsula ichki devori tegishli tuzilishga ega boiganligi tufayli (teshikcha
va yoriqchalaming juda kichikligi) plazma
oqsillari filtrlanib oimasdan,
balki faqat suv va plazmada erigan boshqa moddalar, jumladan, molekula
og‘irligi uncha katta boimagan albuminlaming juda oz qismigina filtrlanib
o‘tishi mumkin. Filtrlanish jarayoniga yordam beruvchi va unga bir
muncha qarshilik qiluvchi omillar bor. Koptokcha
kapillyarlarida qon
bosimi baland boiib, simob ustuni hisobi bo‘yicha 90 mm.ni tashkil
qiladi. Kapillyarlarda qon bosimining baland boiishi filtratsiyaning
amalga oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Plazma
oqsillari hosil qilgan
onlcotik bosim esa filtratsiyaga qarshilik ko‘rsatadi. Ammo onkotik bosim
juda past, u bor-yog‘i 20-30 mm. simob ustunidan oshmaydi. Shu sababli
oqsillaming bu kolloid bosimi odatda filtratsiyaga deyarli ta’sir
ko‘rsatmaydi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra onkotik bosimning oshib
ketishi fil’tratsiyaning bir muncha sekinlashishiga sabab boiishi mumkin.
Shunday qilib, filtratsiya oqibatida kapillyarlardan
kapsula va kanalchaga
m aium miqdorda suyuqlik shimilib o ‘tadi. Bunga birlamchi, ya’ni
provizor siydik deyiladi. Birlamchi siydik tarkibida oqsillar boimasligi
bilan qon plazmasidan farq qiladi. Tajribalarda mikropipetka yordamida
baqa nefron kapsulasidan birlamchi siydikni olib tekshirsa boiadi. Ana
shu va boshqa bir qator tekshirishlar tufayli birlamchi
siydikda oqsillardan
265
tashqari plazmaning barcha organik va anorganik moddalari bo‘lishi,
boiganida ham plazmadagiga teng miqdorda bo‘lishi isbotlangan. Ikkinchi
faza -reabsorbtsiya (qayta so‘rilish) fazasi birlamchi siydik kanalchalar
bo‘ylab oqib borar ekan, reabsorbtsiyaga uchraydi, ya’ni qayta so‘riladi.
Oqibatda tarkibidagi ko‘pchilik moddalar qonga qayta so‘rilib,
oxirida
ozgina “quyuqlashgan” oxirgi, haqiqiy siydik hosil bo‘ladi. Turli
hayvonlarda kanalchalaming umumiy yuzasi 3,5m2 dan to 40m2 gacha,
uzunligi 100 km. dan ham ortiq boiadi. Keyingi
tekshirishlarga
qaraganda, kanalchalaming ichki yuzasida mikrosurgichlar bor. Bular
hisobiga kanalchalar yuzasi bir necha marta kengayadi.
Mana shulaming
hammasi reabsorbsiyaning nihoyatda katta yuzada sodir boiishidan
dalolat beradi. Reabsorbsiya tufayli birlamchi siydik tarkibidagi
aminokislotalar, glyukoza batamom qayta so‘riladi. Odatda birlamchi
siydikda oqsillar boimasligini aytib o‘tgan edik.
20-Jadval.
Qon plazmasi va siydikning tarkibi____________
Dostları ilə paylaş: