almashinuv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ichki,oraliq
modda iar
almashinuvini ham boshqaradi.
Bu asab tizimining barcha efferent nerv tolalari bilan bajariladigan
(harakat, sekretor, tomirlar harakatlarini) trofik
yoki korrigatsiyalovchi
funksiyasidir, ya’ni har bir nerv o‘z funksiyasini faqat innervasiyalanuvchi
organdagi, moddalar almashinuvining o‘zgarishi tufayli bajaradi.
Asab tizimi trofik funksiyasining buzilishi asab tizimida o'zgarish
izlarini qoldiradi va shu sababli hattoki eng kuchsiz ta’sirotchi bilan asab
tizimini qayta ta’sirlash (ikkinchi zarba) trofik faoliyatini yana buzilishini
chaqiradi (monandlik). (K.P.Golisheva va A.A.Vishnevskiy).
Moddalar almashinuvining asab tizimi bilan boshqarilishi ikki yo‘l
bilan bajariladi: a) to‘qima va organlarga efferent impulslarini bevosita
to‘g‘ri kelishi va b) asab tizimidan ichki sekresiya bezlariga kelayotgan
impulslar tufayli qonga tushayotgan gormonlar
ishtirokida va asab
markazlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddalar almashinuvining boshqarilishida pastki miya ortig‘i
(gipofiz) qolqonsimon bez, me’da osti bezi (uning ichki sekretor
boiimlari) va ayniqsa buyrak usti bezlari ishtirok etadi. Bu bezlar
gormonlarining
qonga tushishi oqsillar, uglevodlar, yogiar, minerallar va
suv almashinuvini o‘zgartiradi.
Moddalar almashinuvini va tana haroratini boshqaruvchi vegetativ
asab tizimining oliy markazlari katta
yarim sharlaming peshona
boiaklarida, limbik tizim (belbogii egatchalar) oraliq miyada, miya
dastasining retikulyar formatsiyasida va orqa miyada joylashgan. Bu
markazlardan efferent nerv impulslari skelet muskullariga, gipofizga,
buyrak usti, qolqonsimon bezlarga simpatik nerv tolalari orqali
jigarga va
boshqa ichki organlarga simpatik va parasimpatik nervlar orqali boradi.
Filogenezda trofik funksiyaning oliy boshqarilishi bosh miyaning katta
yarim sharlariga o‘tadi.
Odamlarda ruhiy ta’sirlashlar, emotsiyalar, ruhiy buzilishlar, to iiq
tinchlik
sharoitida
va jismoniy
ishlar
bajarilmaganda
gipnotik
tushuntirishlardan keyin moddalar almashinuvi va termoregulyatsiyaning
o‘zgarishi ko‘rsatib berilgan (V.M.Bexterev)