Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


OZUQALAR TARKIBIDAGI OQSILLAR, UGLEVODLAR



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318
2 5213200508969289537

OZUQALAR TARKIBIDAGI OQSILLAR, UGLEVODLAR,
YOG‘LAR VA DORMON DORILAR
Odatda doimiy ravishda keng koiam da iste’mol qilinadigan 
ovqatlarga quyidagi ozuqa mahsulotlari guruhlari kiradi: 1. Sut va sutli 
mahsulotlar: plastik moddalar uchun foydalaniladigan yengil o‘zlash- 
tiriluvchi oqsillar saqlaganligi, ko‘plab yogiar va mineral moddalar
253


(ayniqsa pishloq) va ayrim hollarda katta miqdorda vitaminlar saqlaganligi 
sababli, yuqori fiziologik qiymatga ega. 2. Tuxum, go‘sht, baliq: 
organizmni hayoti va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan yuqori qiymatli 
oqsillarni saqlaydi, ayniqsa tuxum sarig‘i va jigar ko‘plab katta 
miqdordagi vitaminlarni va mineral tuzlami saqlaydi. 3. Donli 
mahsulotlar; bu mahsulotlar faqatgina sut yoki go‘sht va tuxum bilan 
aralashtirilgandagina yetarli miqdordagi to‘la qiymatli oqsillar bilan 
ta’minlydi, ko‘p miqdorda uglevodlar va mineral tuzlarni saqlaydi. 4. 
Sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar: qimmatli mineral moddalarni saqlaydi, 
vitaminlarga boy, muhim ta’m beruvchi ahamiyatga ega, ulardan ayrimlari 
esa (yong‘oqlar) ko‘plab oqsil saqlaydi; bu borada varaqli sabzavotlar juda 
qimmatli (salat shpinat, ko‘k piyoz va boshq.) hisoblanadi. 5. Yog‘lar va 
moylar: asosiy energiya manbai hisoblanadi; vitaminlarni saqlaydi va 
elastik hamda energetik ahamiyatga ega. 
6
. Qand va shirinliklar.
Oziq-ovqatlar turli-tumanligining ahamiyati. Ratsional oziqlanish- 
ning muhim vazifasi — insonlarning yoshi, yashash sharoiti, ish faoliyati va 
boshqalarni hisobga olgan holda oqsillar, yogiar va uglevodlar, mineral 
tuzlar va vitaminlar orasidagi, nisbatni to‘g‘ri va aniq ta’minlashdan 
iboratdir.
Ayniqsa, to‘la qiymatli to‘yimli moddalarni va vitaminlarni saqlovchi 
sut, sariq moy, go‘sht, yangi tutilgan baliq, sabzavotlar, mevalar, tuxum va 
jigar yuqori fiziologik qiymatga ega.
To‘g‘ri oziqlanish uchun qand va donli mahsulotlami iste’mol 
qilishni kamaytirish hisobiga, vitaminlar va mineral tuzlarni saqlovchi sut, 
sabzavot va mevalarni iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. Ovqat hazmi 
jarayonlari to‘g‘ri kechishi va hazmlangan oziq moddalarni organizm 
tomonidan o‘zlashtirilishini mo‘tadillashtirishda oziqlanish tartibi ham 
muhim ahamiyatga ega. Ovqat moddalar hazm tizimiga normadan ortiq 
tushmagan paytidagina yaxshi hazmlanadi va hazm tizimidan so‘riladi. Bir 
kecha-kunduzda 4 marta kam-kamdan oziqlanish tavsiya etiladi.
To‘g‘ri ovqatlanish tartibigina salomatlikni ish bajarish qobiliyatini 
saqlash 
va 
organizmni 
infeksion 
va 
professional 
kasalliklarga 
chidamliligini ta’minlydi.
Suv va suyuqliklar ichish tartibiga rioya qilish ham muhim 
ahamiyatga ega. Og‘iz qurigan paytlarda katta miqdorda suyuqlik iste’mol 
qilish tavsiya qilinmaydi, balki ogizni faqatgina namlash kifoya, chunki 
katta miqdordagi suv yurak va ayiruv organlari faoliyatini ogirlashtiradi, 
qon bosimini oshiradi, mineral tuzlami yuvib ketadi va oqsillar 
parchalanish mahsulotlarini yo‘qotilishiga olib keladi.
254


Ochlik va chanqoqlikni sezish hamda ulaming biologik ahamiyati. 
Oziq-ovqat va suvdan mahrum qilish natijasida insonlarda ochlik va 
chanqoqlik seziladi.
Ochlik va chanqoqlikning biologik ahamiyati shundan iboratki, ular 
yegulik va ichimlik topish uchun juda kuchli harakat qilishga majbur etadi 
va ularni iste’mol qilish hisobiga organizmni hayotini ta’minlydi. Ochlik 
paytida oziqlanish markazining kuchli qo‘zg‘alishi hayvonlarda hattoki 
tanaga jarohat beruvchi ta’sirotchi ta’sirini ham bosib ketadi.
Insonlarda ochlik sezish me’da va ichaklaming muskullarini ozuqalar 
bo‘lmagan paytlarida har 
1
,5-2,0 soatda yuz beradigan qisqarishlari tufayli 
yuzaga keladi. Bu qisqarishlar tufayli yuzaga keladigan retseptorlaming 
qo‘zg‘atilishi oziqlanish markaziga tushuvchi afferent impulslaridan hosil 
boMadi. Har bir bunday me’daning «ochlik qisqarishlari» odamlaming 
me’da bo‘ylab tarqaluvchi ochlik og‘rig‘i seziladi. Qancha to‘yimli 
moddalaming va ayniqsa juda tez iste’mol qilinuvchi qandni kiritilishi 
davriy qisqarish harakatlari va ochlikni sezishni yo‘qqa chiqaradi.
Chanqoqlikni sezish organizmdagi umumiy suvning yetishmasligi 
tufayli yuzaga keladi, ochlik paytidagidek, qon tarkibining o‘zgarishi 
oziqlanish markazi faoliyatini qo‘zg‘atib organizmga suyuqliklar 
tushishini boshqaradi. Organizmda suvning umumiy yetishmasligi so‘lak 
bezlarining sekretsiyasini kamayishiga olib keladi va bu esa og‘iz 
bo‘shlig‘ida, halqum va qizil ungachning yuqori qismida qo‘rish holatiga 
olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining va tomoqning qo‘rishi u yerdagi 
retseptorlami qo‘zg‘aydi va oziqlanish markaziga afferent impulslarini 
oqimini kelishini ta’minlydi. Bu nerv impulslariga katta yarim sharlar 
pustlog‘iga kelishi chanqoqlikni sezishga olib keladi. So'lak ajralishi 20% 
ga kamayganida chanqoqlik seziladi, agarda so‘lak ajralishi 50% ga 
tushganida u juda kuchli seziladi.
Organizmga suvning vena tomirlari orqali kiritilishi tufayli so'lak 
ajralishini mo‘tadillashtiradi, og‘izdagi qurish yo‘qoladi va chanqoqlik 
sezilmay qoladi.
Hayvonlarni yolg‘ondakam sug‘organda, ya’ni ichilgan suv katta 
qoringa, yoki me’daga qo‘yilgan ochiq fistula orqali so‘rilmasdan to‘kilib 
ketganda ham chanqoqlikni namoyon bo‘lishi to‘xtaydi. Yolg‘ondakam 
sug‘orish paytida ichilgan suv bevosita uning organizmda yetishmaslik 
darajasiga bog‘liq. Demak, bunday sharoitlarda ichgan suvning miqdori 
«ichish» markazining qo‘zg‘aluvchanligi haqida so‘z yuritish mumkin. 
Agar suv me’dadan to‘kilmasdan u yerda qolsa, nihoyat xuddi «oziqlanish
255


markazi» singari «suv ichish markazi» ham tormozlanadi. (I.N.Juravlev, 
1947).
Ochlik paytida moddalar almashinuvi. Yetarlicha oziqlanmagan yoki 
to‘lig‘icha oziqlanmaganda organizm o‘z tarkibidagi moddalarni sarflaydi.
To‘lig‘icha och qolganda moddalar almashinuviining o‘zgarishi yuz 
beradi va uning 3 davri farqlanadi.
Ochlikning 1-davri moslanish davri bo‘lib, u odamlarda 2-5 kun 
davom etadi, moddalar va energiya almashinuvi eng past darajagacha 
pasayadi, lekin jismoniy ish bajarish xususiyatlari saqlanib qoladi.
T o iig ich a ochlikning ikkinchi davrida asosiy almashinuv ochlik 
boshlangunga qadar bo‘lgan miqdordan past boiadi. Ochlikning 4 kunidan 
keyin asosiy almashinuv 
2
martaga kamayadi,tana harorati mo‘tadil 
haroratdan ancha past boiadi.
Y ogiar va oqsillaming bir qismi uglevodlarga aylanadi, shuning 
uchun jigar va muskullarda biroz glikogen zahirasi saqlanib qoladi. 
Yogiarning uglevodlarga aylanishi sababli qon yogiar almashinuvining 
oraliq achchiq mahsulotlari bilan boyiydi - atsidoz yuzaga keladi va 
nihoyat qonning ishqor zahirasi kamayadi.
Organizmning uzoq muddat och qolishga moslashishi yog‘ zahirasi 
mavjud boigandagina ortadi, ya’ni uglevodlar va yogiarning sarflanishi 
organizmni oqsillarini parchalashdan saqlaydi.
Me’da shirasi tinimsiz ajralib turadi ovqat hazm organlarining 
faoliyatining davriyligi esa kamayadi yoki yo‘qoladi. Ko‘ngil ko‘tarilishi 
va ochlikni sezish holatlari yo‘qoladi. Jismoniy ishlar biron ortiqcha 
harakatsiz bajariladi.
Ochlik paytida gavdaning vazni tinimsiz kamaya boradi. Vaznning 
yo‘qolishi o‘rtacha bir kecha-kunduzda 400-800 grammga teng boiib, u 
asosan yog‘ zahiralari va skelet muskullarining hisobiga yuzaga keladi, 
ya’ni ular atrofiyaga uchraydi. Hammasidan ko‘p teri osti kletchatkasi, 
so'ngra muskullar, teri, ovqat hazm kanali kamayadi. Eng kam massasini 
bezlar va buyraklar yo‘qotadi. Ochlik pytida hamma organlardan ko‘ra (2- 
3% dan ortiq boimagan darajada) miya va yurak o‘z massasini toiigicha 
saqlab qoladi.
T o iig ich a ochlikning uchinchi, oiim oldi davri asab tizimining 
faoliyatini keskin susayishi va muskullaming holsizlanishi bilan 
xarakterlanadi. Juda tez oqsillar parchalanishi kuzatiladi, bu esa siydikda 
azotning miqdori ortib ketishi bilan birga kechadi. Oqsillaming 
parchalanishi organizmning o‘z-o‘zidan zaharlanishini va tana haroratining 
ko‘tarilishini chaqiradi. Qonda oksidlanmagan mahsulotlar jumladan,
256


atsidoz ortadi, nafas olish paralichlanadi, yurakning kuchsizlanishi ortadi 
va o ‘lim yuz beradi.
Organizmdagi barcha oqsillar (yana foydalanilmagan 50% oqsil 
qoladi) va yogiar to‘lig‘icha sarflanmasdan o iim yuz beradi, buning 
sababi — organizmni o‘z-o‘zidan zaharlanishi va ma’lum hayot uchun zarur 
boigan moddalaming, masalan tuzlaming sarflanishidir.
Yuqorida qayd qilingan almashinuvning buzilishi turlicha ochlik 
paytida ham yetarli miqdorda suv tushib turganida ham kuzatiladi. Ochlik 
paytida 
suvning 
yetarlicha 
tushmasligi 
almashinuvning 
oraliq 
mahsulotlarning siydik bilan chiqarilishining buzilishi natijasida o'z- 
o‘zidan zaharlanishni tezlashtiradi va oiim ertaroq yuz beradi.
T oiiq 
ochlik 
paytidagi 
hayotning 
davomiyligi 
moddalar 
almashinuvining tezligiga va gavda oichamiga bogiiq boiadi. Masalan, 
tana ogirligi 350 g boigan kaptar ochlikdan 2 kundan keyin, massasi 20 
kg it esa 60 kundan keyin oiadi.
Agarda odamlar aw al qisqa muddatli ozuqalarni iste’mol qilishdan 
voz kechishdan oldingi davrlarni o ‘tasa, to iig ic h a och qolganda faqat suv 
iste’mol qilib tursa 90 kungacha yashashi mumkin.
Organizm qisman och qolganda va ratsion tarkibiga kimvchi to‘yimli 
moddalardan birontasi oqsillar, mineral moddalar va vitaminlar 
yetishmaganida ham moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi.
T oiiq boimagan ochlik yoki surunkali to‘yib oqatlanmaslik 
alimentar distrofiyani chaqiradi - umumiy oriqlab ketish, natijada, bosh 
aylanishi, xotirani yo‘qotish, muskullaming holsizlanishi, avitaminoz 
hodisalari, kuchli sovuqni sezuvchanlik holatlari kuzatiladi.
Alimentar distrofiyaning asoratlari (qon aylanishining buzilishi, 
xotirani yo‘qotish va hakazo) uzoq muddatga, hatto ochlik tugaganidan 
keyin ham saqlanib qoladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin