Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   318
2 5213200508969289537

10
-
20
% ga kamaysa, harorat past boiganida aksincha u ancha 
yuqori boiadi. Asosiy almashinuv ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga 
bogiiq, masalan, qalqonsimon bez funksiyasi tezlashganda asosiy 
almashinuv jiddiy darajada ortadi, aksincha gipofiz va qalqonsimon bezlar 
funksiyasi pasayganida - keskin pasayadi.
Ish paytida energiya xarajati. Ishchi almashinuv kun davomida asosiy 
almashinuvdan yuqori boiadi. Energiya xarajatining katta qismi jismoniy 
ish natijasi boisa, qolgan qismi-ovqat hazmi uchun sarflanadi. Jismoniy 
ishga sarflanadigan energiya asosiy almashinuvdan yuqori boiadi. Qancha 
jadal ish bajarilsa, shuncha ko‘p energiya sarf boiadi.
Odamlar bir kecha-kunduzda katta boimagan jismoniy ish 
bajarganida 9211-11723 kDj, o‘rtacha ogirlikda ish bajarganida 11723—
15073 kDj, og‘ir jismoniy ish bajarganida esa 15073-18841-30146 kDj, 
ga teng boiadi.
Odamlar uxlagan paytida 1 kg tirik vaznga o'rtacha - 3.9, uyqusiz 
yotganda - 4.63, tovush chiqarib o‘qiganda - 6.3, mashinkada chop 
etganda -8.4, uy ishlarini bajarganda -7.55-12.6, tekis yoida sekin 
chopganida 25.2, 100 m ga tez yugurganda 189, 1 soatda 12 km. tezlikda 
changida yurganda 50.5, 
eshkak eshganda 10.5-25.2, velosipedda 
yurganda 14.7-37.8 kDj energiya sarflanadi.
Odam aqliy mehnat qilganda energiya sarfi asosiy almashinuvdan 2- 
3% ga, agarda aqliy mehnat jismoniy faoliyat bilan birgalikda (ma’ruzachi, 
artist va h.k) bajarilsa bir necha kun davomida energiya sarfi 
10
-
20
% ga 
yuqori boiadi.
Hayvonlarda oziqlanish tiplari. Oziqlanish harakteriga qarab 
hayvonlaming oziqlanishi quyidagicha farqlanadi: 
1
) evrifaglar - turli 
tuman ozuqalar bilan oziqlanuvchi (masalan, itlar) va 
2
) stenofaglar -
252


faqatgina ayrim ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi (masalan, bo‘rilar) 
hayvonlarga boiinadi.
Oziqlanish mutadilari. Oziqlanish mutadilari eng avvalo organism- 
ning energetik sarfini to‘lig‘icha qoplash va sogiom odamni barcha 
ozuqaviy moddalarga bo‘lgan talabini qondirishi zarur. Kerakli 
jadvallardan foydalangan holda ma’lum professiyada xizmat qiluvchi 
insonlar uchun bir kecha-kunduzlik energiya sarfini aniqlash mumkin, 
ya’ni uning ish turi va jadalligiga qarab to‘yimli moddalaming miqdori va 
ayrim hollarda ozuqalaming sifatli ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Xususiy va 
jinsiy farqlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega boiib qoladi.
Energiya sarfining koiam i asosan shaxs tomonidan bajariladigan 
jismoniy ish harakatining hajmi va xarakteriga bogiiqdir. Eng diqqatga 
sazovor boigani shundan iboratki, faqatgina organizmni kerakli miqdor 
bilan ta’minlash emas, balki, ayniqsa elastik maqsadlar uchun jiddiy 
ahmiyatga ega boigan oqsillami m aium normasi bilan ta’minlash kerak.
Eng muhimi to‘g‘ri va ratsional oziqlanishni tashkil etishdir. 
Tuzilgan oziqlanish rasionlari awalo oziqlaming tarkibini, ozuqaviy 
mahsulotlarda saqlanuvchi to‘yimli moddalaming sifati va miqdorlarini 
aniq hisobga olishga asoslangan.
Energiya sarflarining о‘mini qoplash, o‘sayotgan organizmning 
tuzilishini va atrofiyaga uchragan hujayralar o‘mini bosuvchi yangi 
hujayralami rivojlanishi uchun organizmni yetarli miqdordagi to ia
qimmatli oqsillar, yogiar, uglevodlar va mineral tuzlar bilan ta’minlash 
zarur. Ozuqa ratsionlarida m aium miqdorda suv va vitaminlami kam 
boiishi ko‘zda tutiladi va iste’mol qilinadigan ovqatlar xush tam boiishi 
kerak.
Oziq moddalaming kaloriyligi unda mavjud oqsillar, yogiar va 
uglevodlar miqdoriga bogiiqdir.
Brutto - kaloriylik oziq mahsulotlarining massa birliklarida 
saqlanayotgan joullar sonini belgilaydi.
Netto-kaloriylik oziq mahsulotlarining massa birliklarida organizm 
tomonidan о‘zlashtirilgan joullar sonini belgilaydi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin