tufayli falaj bo‘lib qolgan qoi-oyoqning.ba’zan muayyan vaqtdan keyin yana harakatga kelishiga sabab shu, falaj b o iib qolgan organning faoliyatini tiklash uchun ko'pincha jarrohlar ham nerv tolasining shu xususiyatidan foydalanadilar, ular nervlarni tikib qo‘yadilar. Periferiyadan markazga intiluvchi nervlar orqali keluvchi qo‘zg ‘alish toMqinlarining ta’sirida nerv hujayrasi qo‘zg‘aladi. Ammo ko'pgira nerv hujayralari retseptorlardan impulslar kelmaganda ham qo‘zg ‘alishi mumkin. Modda almashinuvidagi o ‘zgarishlar ta’sirida, shuningdek gumoral ta’sirlar tufayli bu hujayralarda qo‘zg ‘alish paydo bo‘lishi mumkin. Karbonat kislota bilan qo‘zg‘aladigan nafas markazining faoliyati, qon haroratining ta’siri bilan o ‘z ishini o ‘zgartiradigan issiqlik markazining faoliyati va shu kabilar bunga misol b o ia oladi. NERV TOLASINING XOSSALARI Nerv tolasi qo‘zg ‘aluvchanlik va o'tkazuvchanlik xossasiga ega. Muskul-nerv apparatidagi nervning qanday bo‘lmasin bir qismiga elektr bilan ta’sir etib, bunga ishonish mumkin. Elektr ta’sir etgan hamona muskul qisqaradi. Muskulning qisqarishiga sabab shuki, elektr bilan ta’sir etish natijasida nervda qo‘zg ‘alish paydo bo‘ladi, bu qo‘zg ‘alish nervdan o ‘tib, muskulga boradi va uni qisqartiradi. Nerv tolasi qo‘zg‘alishni o ‘tkazishi uchun anatomik jihatdan butun bo‘lishi kerak. Nerv qirqib qo‘yilsa, qo‘zg‘alishni oHkazolmaydi. Nerv bogiab, bosib qo‘yilganda yoki boshqa y o ‘l bilan uzib qo‘yilganda undan qo‘zg ‘alish o ‘tmaydi. Ammo nerv anatomik jihatdangina emas, fiziologik jihatdan buzilganda ham undan qo‘zg‘alish o ‘tmaydi. Nerv butun bo‘lgani bilan funksiyasi buzilganligi uchun qo‘zg‘alishni o ‘tkazmaydi. Nerv sovutilganda yoki qizitilganda, unga qon kirishi to‘xtaganda,