shoxchalari odatda xilma-xil tarzda y o ‘g ‘on tortib tugaydi. Bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga yoki nerv hujayrasidan muskul va bez hujayrasiga qo‘zg ‘alish o ‘tadigan joy sinaps deb ataladi. Sinaps bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lib, fiziologik xossalari jihatidan nerv tolasidan farq qiladi. Qo‘zg ‘alishni ikki tomonga o ‘tkazadigan nerv tolasiga qarama-qarshi o ‘laroq, sinaps qo‘zg ‘alishni faqat bir tomonga - nervdan muskulga o ‘tkazadi. Shunday qilib, sinaps bir tomonlama o ‘tkazuvchanlik xossasiga egadir. Qo‘zg ‘alishning muskuldan nervga o ‘tmasligiga sinapsning shu xususiyati sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, nerv ta’sirlansa muskul qisqaradi, binobarin, qo‘zg ‘alish nervdan o ‘tgan boiadi. Muskul ta’sirlanganda esa, qo‘zg‘alish nervga o ‘tmaydi va nervdan qo‘zg‘alish toiqinlarini topib bo im aydi. Sinapsning ikkinchi xususiyati shuki, u qo‘z g ‘alishni birmuncha sekinroq o ‘tkazadi. Buni sinaps paysali deyiladi. Q o‘z g ‘alish 10-20 sm uzunlikdagi nervdan qancha vaqt o ‘tsa, sinapslardan ham o ‘shancha vaqtda o ‘tadi. 340
Nihoyat, tekshirishlardan ma’lum bo‘Idiki, sinapsga keiuvehi dastlabki impulslar uning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi va shu tariqa navbatdagi impulslarning o'tishini osonlashtiradi. Bu hodisa osonlashtirish deb ataladi. So‘nggi o ‘n yillarda ko‘pgina tekshiruvchilar vegetativ nerv tizimining nerv oxirlarida asetilxolin va simpatin hosil bo‘lishini isbot etdilar. Fiziologik jihatdan faol moddalar somatik asab tizimining oxirlarida ham hosil bo‘lishi keyingi tajribalarda ma’lum b oid i. Bunday modda,lar mediatorlar deb ataladi.