Yuqorida keldrilgan ikki yoki uch neyronli reflektor yoyning chizmasida ko‘rsati!ganidek tasavvur qilxsh noto‘g ‘ri va xato bo‘lur edi. Bunday chizma faqat shu hodisani o ‘rganish va tushunishni yengillashtirish maqsadida ishlatiladi, xalos. Haqiqatda har bir refleks ancha murakkab hodisadir, refleksning yuzaga chiqishida ikki yoki uch neyron emas, balki ko‘proq neyronlar qatnashadi. Qo‘zg‘alish markaziy asab tizimiga borib, orqa miyaning ko‘pgina boiim lariga yoyiladi va bosh miyaga yetib boradi, deb tasavvur qilish kerak. K o‘pgina neyronlarning o ‘zaro ta’sir etishi natijasidagina organizm ta’sirotiga javob beradi. MARKAZIY ASAB TIZIMINING ASOSIY XOSSALARI Q o‘zg‘alishni bir tomonlama o ‘tkazish. Nerv tolasining asosiy xossalaridan biri shuki, u qo‘zg ‘alishni ikki tomonga o ‘tkazadi. Butun asab tizimida esa, qo‘zg ‘alish hamisha faqat muayyan bir tomonga o ‘tadi: ba’zi nervlar orqali periferiyadan markaziy asab tizimiga, boshqa nervlar orqali markaziy asab tizimidan periferiyaga o ‘tadi. Markaziy asab tizimining qo‘zg ‘alishni shu tariqa faqat bir tomonga o ‘tkazish xususiyati nerv hujayralari tutashgan joyning, ya’ni sinapslarning xossalaridan kelib chiqadi. Binobarin, markaziy asab tizimi qo‘zg ‘alishni faqat bir tomonga - markazga intiluvchi neyrondan markazdan qochuvchi neyronga o ‘tkazadi. Orqa miyaga keladigan markazga intiluvchi nerv tolalaridagi va orqa