Qo‘zg‘alish markaziy asab tizimida hammadan sekinroq o‘tadi. Bu yerda qo‘zg‘alish bir neyrondan ikkinchi neyronga o ‘tadi. Shu sababli markaziy yoki sinaptik paysal haqida gapirish rasm bo‘lib ketgan. Markaziy asab tizimida qo‘z g ‘alishning sekin o ‘tishi paysal deb atalishiga sabab shuki, qo‘z g ‘alish sinapsga yetgach g o ‘yo qandaydir g ‘ovga duch kelib, shu tufayli to‘xtab qoladi, degan taassurot tugiladi. Qo‘zg ‘alish ritmining o ‘zgarishi. Markaziy asab tizimi markazdan qochuvchi neyronlar orqali periferiyaga - ishchi organga hech qachon bitta qo‘zg ‘alish to‘lqinini yubormaydi; markaziy asab tizimidan hamisha bir necha impuls ketma-ket keladi. Markaziy asab tizimi yuboradigan qo‘z g ‘alish ritmi retseptorlarga tushadigan ta’sirotning chastotasiga ko‘p bog‘liq emas. Ta’sirot ritmi bir qancha boiganda ham, hatto juda siyrak bo‘lganda ham, markaziy asab tizimi baribir bir qancha impulslar bilan javob beradi. Nerv markazlaridan keluvchi impulslaming ritmi sekundiga 50 dan tortib 200 tagacha boiadi. Shuning uchun ham nerv markazlari qo‘zg ‘alish ritmini o ‘zgartira oladi, transformatsiya qila oladi deb hisoblanadi. Organizmdagi hamma muskullaming qisqarishi tetanik qisqarish ekanligi ham markaziy asab tizimining shu xususiyati bilan izohlanadi. Har qanday muskulning juda tezlik bilan va qisqa muddatli qisqarishi tetanik qisqarishlar, chunki muskul hamisha ketma-ket keluvchi bir qancha impulslami oladi. Markaziy asab tizimida qo‘z g ‘alishning to‘p!anishi (summasiya). Markaziy asab tizimining birinchi marta I.M.Sechenov tomonidan kashf etilgan ikkinchi xususiyati shuki, u o ‘ziga keluvchi qo‘z g ‘alishlami to‘play oladi. Bu xususiyat shundan iboratki, afferent tolaga pog‘ona osti kuchiga