oz strixnin kiritilishi bilanoq u hatto kuchsiz ta’sirotlarga ham shiddat bilan reaksiya ko‘rsata boshlaydi. Agar baqaning limfa xaltasiga strixninning kuchsiz eritmasidan bir ozgina quyib, baqa yotgan stol taqillatilsa, u tirishib talvasaga tushadi. Issiq qonli hayvonlarda ham shunday hodisani ko‘rish mumkin. Issiq qonli hayvonlar organizmiga ozgina strixnin kiritilsa, shungacha hayvonda reaksiya qo‘zg‘amagan ta’sirotlar endi hayvonning tirishishiga sabab b oiadi. Strixnin juda oz miqdorda ba’zan dori-darmon uchun qo‘ llaniladi. Narkotiklar deb ataladigan zaharlar bosh miyaning katta yarim sharlariga ta’sir etadi. Narkortiklarga xloroform, eflr, alkogol va shu kabilar kiradi. Xloroform bilan efir jarrohlik amaliyotida narkoz vujudga keltiruvchi moddalar sifatida keng qoilaniladi. Bu zaharlar avvaliga nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, so ‘ngra esa juda pasaytirib yuboradi va chuqur uyquni keltirib chiqaradi. Bu zaharlaming bosh miya katta yarim sharlariga ta’sir etib, uzunchoq miyaga deyarli ta’sir etmasligi muhimdir. Uzunchoq miyaning bu zaharlardan deyarli ta’sirlanmasligi organizm uchun juda katta ahamiyatga egadir. Uzunchoq miyada nafas olish markazi, yurak faoliyatining markazi va boshqa muhim inarkazlar borki, ulaming yaxshi ishlamay qo‘yishi organizmni halokatga olib borishi mumkin. Markaziy asab tizimi shikastlanganda uning qo‘zg‘aluvchanligi o ‘zgarib ketadi, orqa miya kesib qo‘yilsa, kesilgan joydan pastdagi nerv markazlarining faoliyati susayadi. Zararlangan qismdan pastdagi nerv markazlarida qo‘zg‘aluvchanlikning shu tariqa y o ‘qolishi spinal shok
deb ataladi. Bir necha vaqtdan keyin shok o ‘tib ketadi va orqa miyaning reflektor faoliyati tiklanadi. Turli hayvonlarda shok turlicha muddat bilan