N.E.Vvedenskiy o ‘z tajribasida muskul-nerv preparatining nerviga ta’sir etdi, lekin muskulga impuls boradigan y o in i to‘sib qo‘ydi, natijada qo‘zg‘alish to‘lqini muskulga o ‘tmadi. Nervga 12 soat uzluksiz ta’sir etilgandan keyin u nervning o ‘tkazuvchanligini tikladi, natijada muskul qisqardi. Nerv charchamagandagina muskul qisqara olar edi, albatta. Ammo, nerv umuman charchamaydi deb o ‘ylash noto‘g ‘ri boiadi. Nerv ishlab turganda uning fiziologik xossalari bir qancha o ‘zgarishlarga uchraydi: refrakter faza uzayadi, qo‘zg ‘alishning o ‘tish tezligi kamayadi va hakazo. SINAPS. TA'SIROTLARNING SINAPSLARDA O TK AZILISHM EXAM ZM I Bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga yoki nerv hujayrasidan u bilan innervatsiyalanuvchi to‘qimaga qo‘zg ‘alish o ‘tishini ta’minlydigan murakkab strukturali tuzilma sinaps deb ataladi. Barcha sinapslar markaziy va periferik sinapslarga boiinadi. Markaziy sinapslar bir neyron tanasi yoki dendritining ikkinchi neyron aksoni bilan tutashgan joyi b o isa , periferik sinapslar akson bilan ishchi organ (muskul, bez)ning tutashgan joyidir. Hozirgi vaqtda sinapslardan ta’sirot o ‘tkazilishida elektr toki (biopotensiallar) bilan birga kimyoviy moddalar - mediatorlar (atsetilxolin, noradrenalin, adrenalin) ishtirok etishi isbotlangan. Sinapslar uchta asosiy elementdan: presinaptik (sinapsdan oldingi), postsinaptik (sinapsdan keyingi) membranalardan va sinaps tirqishidan iborat. Har bir nerv tolasining oxirini qoplovchi membrana - presinaptik membrana deyiladi. Nerv oxirida o ‘ziga xos neyrosekretor apparat b o iib , ana shundan mediator ishlanib chiqadi. Tinchlik holatida mediator sinaptik pufakchalarda turadi. Nerv tolasi qo‘zg‘alganda uning presinaptik